Fanning ishchi o‘quv dasturi, namunaviy o`quv reja, ishchi o‘quv reja va


Baho  Talaba bilimi va malakasiga talablar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana31.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1310797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Matematik dasturlash ishchi (2021-2022)

Baho 
Talaba bilimi va malakasiga talablar 

A’lo 
Talaba test savollarining 90%dan yuqorisiga to‘g‘ri javob 
berganda. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning 
barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test 
materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘ladi, ijodiy 
fikr yuritadi, mustaqil mushohada qiladi, nazariy bilimlarni 
amalda qo‘llaydi, xulosa va qarorlar qabul qilishda faol 
bo‘ladi, test material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega deb 
topilganda. 

Yaxshi 
Talaba test savollarining 89,9%dan 70%gachasiga to‘g‘ri 
javob berishi lozim. Test savollari joriy semestrdagi 
mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va 
talaba test materiali mohiyatini tushunib yetgan bo‘ladi, test 
savollariga javob berishda o‘zining fikr va mulohazalariga 
tayanadi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab 
yetgan bo‘ladi, test material bo‘yicha yaxshi tasavvurga ega 
deb topilganda 

Qoniqarli 
Talaba test savollarining 69,9%dan 60%gachasiga to‘g‘ri 
javob berishi lozim. Test savollari joriy semestrdagi 
mavzularning barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va 
talaba test material mohiyatini tushungan bo‘ladi, nazariy 
bilimlarni amaliy ahamiyatini anglagan bo‘ladi, test material 
bo‘yicha o‘rtacha tasavvurga ega deb topilganda 

Qoniqarsiz 
Talaba test savollarining 59,9%dan kamiga to‘g‘ri javob 
berganda. Test savollari joriy semestrdagi mavzularning 
barchasini qambrab olgan bo‘lishi lozim va talaba test 
savollarga javob berishga qiynaladi, material mohiyatini 
tushunmaydi, tasavvuri sayoz bo‘ladi, nazariy bilimlarni 
amaldagi ahamiyatni anglab yetmaydi, test savollarni kattf 
qismiga javob bera olmaydi deb topilganda 


13 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini 
baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘kituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim 
muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim 
muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib 
boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, 
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan 
o‘tkazilishi mumkin. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Nizomning 23 – bandiga asosan, talaba uzrli sabablarga ko‘ra Yakuniy nazorat turiga 
kirmagan taqdirda ushbu talabaga Yakuniy nazorat turini qayta topshirishga fakultet 
dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha Yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 
YUqorida kelitirib o‘tganimizdek, bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr 
natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda 
talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tacha fandan (fanlardan) 
akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oralik va (yoki) 
Yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat 
beriladi.
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan 
fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar 
ruxsat beriladi. 
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta 
topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorning buyrug‘i bilan 
kursdan qoldiriladi. 
Talabaga Yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida 
talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Talaba Yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan 
taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan 
bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. 
Ikkinchi marta Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur 
komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 
Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini xabardor qiladi va 
ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. 
Baholash natijasidan norozi bo‘lan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil 
etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berishhuquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi tarkibga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan 
professor-o‘kituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 
Talaba baxolash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon kilingan 
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan 


14 
apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida kurib chiqilishi lozim. 
Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi 
bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki 
o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi. 
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakuљtet dekani va talabaga yetkazilishini 
ta’minlaydi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling