Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi
Download 0.5 Mb.
|
inklizif ta`lim MTT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - Mavzu: I nklyuziv ta’limni amalga oshirish yo‘llari. 4 soat. Reja
- 1. Harakatlanishida mummolari bo‘lgan bolalar.
Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologlari bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko‘rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo‘lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog‘lig‘ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi. Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har tomonlama amalga oshirilgan islohotlar asosidagina samarali kechadi. 5-Mavzu: Inklyuziv ta’limni amalga oshirish yo‘llari. 4 soat. Reja Harakatlanishida mummolari bo‘lgan bolalar Aqliy rivojlanishida muammolarn bo‘lgan bolalar Ko‘rishda muammosi bo‘lgan bolalar Inklyuziv ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish 1. Harakatlanishida mummolari bo‘lgan bolalar. Kuzatishlaringizdan ma’lumki, atrofimizdagi ayrim insonlarning harakatlanishida muammolar bo‘lganligi sababligi hassa, trostlar, aravachalar yoki xodunoklar yordamida harakatlanadilar. Bunday bolalar yoki katta yoshli kishilarda bosh miyaning quyi qismlari yoki orqa miyaning jarohotlanishi natijasida harakat tayanch a’zolarida muammolar yuzaga keladi.Umurtqa jarohatlari Ko‘plab bolalarda orqa miya jarohatlari natijasida umumurtqaning normadan qiyshayishi yoki haraktlanishdagi nuqsonlar kuzatiladi. Orqa miya turli joylaridan, turli darajada; va turli xil shaklda buzilishiga qarab farklanadi Paraplegiya:; orqa miyaning quyi qismlari jarohatlanishi natijasida tananing quyi qismlari "ishlamaydi". Ba’zi hollarda tos sohasidagi ichki organlar ham yaxshi ishlamaslik hollari kuzatiladi. Tetraplegiya: insonning butun tana qismida falajlanish kuzatiladi. Skleroz. Skleroz rivojlanib boruvchi (progressiv) nevrologik kasallik bo‘lib, ushbu kasallikda insonning harakatlanishida buzilishlar yengil darajada bo‘lsa, ularning faolligi borgan sari zaiflashib boradi. Bu kasallikda ruhiy o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi. Kasallikning asosiy belgilari, qimirlab turuvchi ("o‘yinga tushuvchi") qomat, zaif ko‘rish va tez unutuvchanlikdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ushbu kasallik asosan yoshlar (20-40 yosh) orasida juda ko‘p, 50 yoshdan keyingilarda esa kamdan-kam uchraydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling