Fanning maqsad va vazifalari. Kirish. Gavda o‘lchov olish qoidalari, usullari, O‘lchov turlari va kiyim konstruksiyasini qurish uchun o‘lchovlarni yozish qoidalari. Reja


Download 0.66 Mb.
bet3/4
Sana12.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1768678
1   2   3   4
Bog'liq
Бурхонова тех ижод

O‘lchovlar quyidagicha olinadi:
Bo‘yin aylanasi-BnA. Santimetrni bo‘yinning yettinchi umurtqa pog‘ona nuqtasi orqali bo‘yin asosidan o‘rab olib o‘lchanadi. Ko‘krak aylanasi-KA. Bukiyimning razmerini belgilaydigan
asosiy o‘lchovdir. Santimetr lentasi orqada kurakning turtib chiqib turgan joyidan o‘tib, ikkala qo‘ltiq tagidan o‘tkazilib va ko‘krak ustidan gorizontal ravishda aylantirib o‘lchanadi.
Bel aylanasi-BlA. Belning eng xipcha joyidan aylantirib
o‘lchanadi.
Bo‘ksa aylanasi-BkA. Ikkala sonning eng ko‘p chiqib turgan joyi beldan 18-20 sm pastdan gorizontal ravishda aylantiribo‘lchanadi.
Orqa kurak kengligi - OrK.Uni o‘ng qo‘lni tana bilan birikkan
joyidan chap qo‘lning gavdaga birikkan joyini topib santimetr lentani kurak ustidan o‘tkazib o‘lchanadi. Bu o‘lchov kenglik bo‘lgani uchun yarmi yoziladi.
Old kenglik – OlK.Santimetr lentasi ko‘kraklar usti bilan
qo‘lgacha bo‘lgan oraliqdan gorizontal ravishda o‘tadi.
Yelka kengligi – YelK. Uni yelka uzunligi desa ham bo‘ladi, chunki
yelka kengligi to‘liq yoziladi.
Ko‘krak oralig‘i - KO. Ikki ko‘krak orasi o‘lchanib, yarmi
yoziladi va KO deb belgilanadi.
Orqa bo‘lak belgacha uzunligi - OrBU. Yettinchi umurtqa
pog‘onasidan belgacha vertikal ravishda o‘lchanadi.
Kiyimning uzunligi – KU. Yettinchi umurtqa pog‘onasidan zarur uzunlikkacha o‘lchanadi.
Ko‘krak balandligi – KB.Bo‘yinning yelka bilan birikkan
joyidan ko‘krakkacha o‘lchanadi. 11.Yengning uznligi – YEU. Santimetrlenta yordamida yelka bo‘g‘imidan sal bukilgan tirsak orqali qo‘l panjasigacha o‘lchanadi.
Yelka qiyaligi uzunligi –YelQ. Belning umurtqa pog‘onasi
nuqtasi holatidan yelka bo‘g‘imigacha qiya o‘lchanadi.
Yelka aylanasi – YelA. Qo‘lning eng yo‘g‘on joyidan aylantirib
o‘lchanadi.
O‘lchovlarni gavdaga mos qilib olish kerak. Kiyimning to‘kisligi uchun qo‘shiladigan haq kiyimning fasoniga bog‘liq bo‘lib u qo‘shimcha deyiladi va “Q” bilan belgilanadi. Qo‘shimcha haqni 2 smdan 6 smgacha olish mumkin, u hisoblash jadvalini to‘ldirishda qo‘shiladi.
Bichish vaqtida andozaning chetidan chok haqi qoldiriladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling