Fanning maqsadi va vazifalari


Mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 25.4 Kb.
bet3/14
Sana25.02.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1231685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yakuniy s

Mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari. 
Mahsulot sifati – ishlab chiqarishni yaxshilanishini birdan bir zaruriy shartidir. SHuning uchun ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini doimiy oshirib borish muammosi bor edi va u boshqarishning birdan bir asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Mahsulot sifati ko‘rsatkichi – bu mahsulotni sifatini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha xususiyatlarning miqdoriy tavsifidir. 
Oziq - ovqat sanoati mahsuloti boshqa sohalar mahsulotidan o‘zining sifatligi bilan ajralib turadi.
Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati ko‘pgina xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ular boshqa mahsulotlar uchun aniqlanishi shart bo‘lmagan xususiyatlar - mahsulot ta’mi va hidi ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.
Oziq ovqat sanoati mahsulotiga bo‘lgan talab 2 xil tarzda bo‘ladi:
1. Qayta ishlashga mo‘ljallangan mahsulotga bo‘lgan talab. 
2. Aholini iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulotga bo‘lgan talab.
Oziq ovqat sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati 2 guruh omillarga qarab aniqlanadi. (korxonalar faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar).Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan omillarga quyidagilar kiradi:
- texnikaviy reglamentlarga va retsepturalarga qat’iy rioya qilish;
- ishlab chiqarish va sanitar me’yorlarga amal qilish;
- qabul qilinayotgan xom ashyo sifatiga nazoratni kuchaytirish;
- tayyor mahsulot sifatiga nazoratni kuchaytirish;
- korxonadagi xizmat va ishlarni bir me’yorda ishlashini ta’minlashlar kiradi.
Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillarga qayta ishlashga kelgan xom ashyo va materiallarning past sifatligi kiradi.
Davlat standarti umumiy qoidalarga asoslanib oziq ovqat sanoati mahsulotlariga quyidagi sifat ko‘rsatkichlari qo‘yilgan: 
- belgilash ko‘rsatkichlari, saqlash ko‘rsatkichlari, texnologik, transport, standartlashtirish, huquqiy patent, ekologiya va hafsizlik ko‘rsatkichlari.
Belgilash ko‘rsatkichlari - mahsulotni ishlatish hususiyatlarini asosiy funksiyalarini xarakterlaydi.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling