“Menejment nazariyasi”ning maqsadi. Menejmentning maqsadi- xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iboratdir. - “Menejment nazariyasi”ning maqsadi. Menejmentning maqsadi- xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iboratdir.
- Menejment nazariyasi maqsadlari:
- boshquruvchilar va boshqarilinuvchilaming o‘zaro ta’siri namoyon bo‘ladigan boshqaruv munosabatlarining eng muhim, tipik shakllarini o‘rganish;
- menejment jarayonlarini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini aniqlash;
- kelajakda menejment faoliyatini rivojlantirishning eng maqbul yo‘nalishlarini yaratish va ular haqidagi real g‘oyalami ilgari surish;
- menejment tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalami shakllantirish.
“Menejment nazariyasi”ning vazifasi. “Menejment nazariyasi”ning fan sifatida vazifalari - “Menejment nazariyasi”ning vazifasi. “Menejment nazariyasi”ning fan sifatida vazifalari
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish orqali jamoaning (shaxsning) barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali ishlashini ta’minlaydigan ilmiy yondoshuvlami, tamoyillar va usullami ishlab chiqish, eksperimental tekshirish va amaliyotda qo‘llashdir.
- Menejment nazariyasi kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejment texnika va texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o‘zini tutish hollarini umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganadi. Menejment nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarmi ajratib 0‘rganadi.
- “Menejment nazariyasi”ning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalami hal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o‘stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |