Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet26/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Nazorat uchun savollar
  • Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis kasbi qachon kiritildi ?


  • Ijtimoiy xodimlarning lavozim majburiyatlarini ayting.


  • Ijtimoiy hizmatlar bo‘yicha mutaxassis qanday shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak?


  • Ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassisning kasbiy layoqati mezonlarini aniqlang.





9-Mavzu . Ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvar manbalari. Ijtimoiy xodimga ma'naviy-axloqiy talablar
  • Insonparvarlik tarixiy o‘zgaruvchi qarashlar tizimi


  • Ijtimoiy ish nazariyasida insonning hayotiy makoni va vaqti



Insonparvarlik 14-16-asrlarda adabiy-falsafiy va madaniy harakat sifatida.Insonparvarlik tamoyillari va axloq me'yorlarining o‘zaro aloqasi. Insonparvarlik tarixiy o‘zgaruvchi qarashlar tizimi sifatida insonning shaxsi, uning huquqi erkinligi, baxti, rivoji va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishi sifatida o‘z qadrini tan olinishidir. Ijtimoiy adolatlilik tamoyillari va tengsizlik muammosi, jamiyatning tabaqalanishi. Insonparvar g‘oyalar tashuvchisi sifatida ijtimoiy xodimning ahamiyati.
Ijtimoiy ishning axloqiy asoslari va davlat tomonidan belgilangan inson huquqlarini amalga oshirish chegarasi. Axloqiy boshqarishning asosiy tamoyillari. Xudbinlik va altruizm – hayotiy yo‘nalish tamoyillari. Burch muammosi ijtimoiy xodim kasbiy faoliyatini harakatlantiruvchi mexanizm sifatida. Ijtimoiy xodimning shaxsiy sifatlari, uning o‘z qadrini bilishi, o‘zini nazorat qilish qobiliyati
Inson ijtimoiy ish ob'ekti va sub'ekti sifatida. Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti uchun prinsipial ahamiyatga ega organik yagona biogen, psixogen va sotsiogen element sifatida inson muammolarini maqsadli tushunish. Ijtimoiy xizmat insonning tabiatga munosabatisiz va dunyoqarashisiz o‘z vazifalarini samarali hal qila olmaydi.
Inson dunyoni anglashda hayot maqsadlari va o‘ylari to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning qarashlari katta o‘rinni egallaydi. Hayot qadri shaxs va jamiyatning mos kelishi, shaxs va jamiyatning hayotiy maqsadlari mosligiga bog‘liq bo‘lib, jamiyat tuzilishi xususiyati va shaxsning individual xususiyatlari ba'zan qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Ammo shaxsni jamiyatning qarama-qarshisiga qo‘yish doimo o‘zini oqlamaydi. Shaxs va jamiyat ajralmasdir, – qad etadi V.Solovyov, –ular bir-birini talab qiladi.
Ijtimoiy xizmat strategiyasi inson, uning maqsadi, universalligi va individualligini o‘rganishdan iborat. Amaliyotda ijtimoiy xizmatning ko‘pgina modellari yordam ko‘rsatishning texnologik jihatlariga asoslanadi. Ijtimoiy ishning samaradorligi insonning hayot faoliyati maqsadlari, uning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik omillar ta'sirida o‘zgarishiga bog‘liq. Inson dunyosini shakllantirish- murakkab bilash jarayoni, dunyoqarashlarni ijodiy o‘zlashtirish, ijtimoiy sifatlar, jamiyat tomonidan yaratilgan bilim va ko‘nkmalarni egallashdir.
Insonning faol, ijodiy tabiati turlicha o‘zgaradi va ijtimoiy xizmatning nazariyasining turli modellarida va amaliy tashkil etishda hisobga olinadi. Insonni shaxs sifatida tushunish insonparvar psixologiya rivojlanishiga sabab bo‘ldi. (K.Rodjers, A.Maslou, V.Frankl .). Anglashning barcha yo‘llari ijtimoiy madaniy fenomen eng avvalo insonni turli tomondan o‘rganishda foydalanilgan.
Insonparvarlik hayotiy faoliyat shakli va ijtimoiy ish asosidir. Insonparvarlik inson turmushi va dunyosining ontologik shakllaridan biridir. Insonparvarlik insonlarni sevish, inson qadriga hurmat sifatida ko‘rib chiqilib, inson imkoniyatlarining fundamental asosidir.
Insonparvarlik dunyoqarash tizimi va qarashlar yig‘indisi sifatida uning turli tariflari asosida yotadi. Fundamental ontologiya nuqtai nazaridan insonparvarlik nimagadir nisbatan birinchi bo‘lmasligi mumkin.
Insonparvarlik g‘oyalarining rivojlanishida o‘rta asr sharq mutafakkirlarining ilmiy ishlari katta o‘rin tutadi.
O‘rta asr yaqin va o‘rta sharq olimlari xudo va inson, inson va tabiat munosabatlari muammosini ishlab chiqishga katta ulush qo‘shishgan.
«Inson, – deydi Beruniy, – bilim. Tajribasiz, haqiqatni yolg‘ondan ajratishni o‘rganmasdan nimagadir e'tiqod qila olmaydi.»39.
Yirik o‘rta sharq olimi Abu Ali Ibn Sino bunga katta ulush qo‘shgan. U o‘zining “ko‘rsatmalar va o‘gitlar” asarida shunday yozadi: individuum, o‘zini inson deb hisoblashga nisbatan yuqori bo‘lishi kerak.Odatda inson to‘g‘risida o‘ylanganda uning tanasi, tashqi organlari ko‘z oldiga keladi. Ammo olim aytadiki insonning mohiyatini kuzatishlar asosida belgilaydi. 40.
Forobiy o‘z asarlarida inson va uning tarbiyasi muammosiga turlicha yondashgan. Aynan bu muammolar uning falsafiy tizimi tarkibini tashkil etadi. Podobno tomu, kak logika doljna ob'yasnyat prinsipы chelovecheskogo poznaniya, govoril on, etika doljna ukazыvat osnovnыe pravila povedeniya cheloveka. Velikiy ensiklopedist utverjdal, chto tolko chelovecheskiy razum reshaet, chto xorosho i chto ploxo41.
Forobiy fikricha tarbiya jarayoni tajribali o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. Yo‘naltiriladi.U shunday yozadi : «Individning turli xususiyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir inson baxt va moddiyatni o‘zicha tushunadi. Buning uchun o‘qituvchi va murabbiy talab qilinadi.».
Ibn Sina yoshlarni tarbiyalash va o‘qitishda o‘qituvchining ahamiyatiga katta e'tibor beradi. U o‘qituvchi shaxsiga bir qator talablarni shakllantiradi: 1. o‘qituvchi bolalar bilan muloqotda me'yorga rioya qilishi kerak; 2. o‘qituvchi o‘quvchining hayotiga katta e'tibor berishi kerak; 3. o‘qitish jarayonida o‘qituvchi bolalar bilan ishlashning turli usullari va shakllarini qo‘llashi kerak; 4. o‘qituvchi har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olishi va o‘z ishidan qoniqishi kerak.
Olim o‘qituvchidan uning fikrlari barcha uchun tegishli bo‘lishini talab qiladi. Har bir so‘z mimika va harakat bilan ifodalanishi kerakki, bolalarda hissiy jalb qila olish kerak. Insonparvar pedagogik madaniyat g‘oyalarining paydo bo‘lishi yirik sharq ma'rifatparvari Alisher Navoiy ijodi va ilmiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Uning mahalliy madaniyat sohasidagi faoliyati turlicha: o‘zbek adabiyotining asoschisi, mutafakkir, olim, rassom, bastakor, davlat arbobi.
Navoiy g‘oyalari yuqori insonparvarligi bilan ajralib turadiyu U insonni jahondagi oliy mavjudot deb atab, bola oilaga xursandchilik olib keladi deb hisoblaydi. U qayd etadiki, bolani yaxshi yoki yomon deb ajratish mumkin emas, shuning uchun bunda o‘qituvchining ahamiyati kattadir. O‘qituvchi faqatgina bilimini takomillashtirmasdan balki barchaga namuna bo‘lishi kerak.42.
Navoiy insonning muhim sifatlaridan biri deb mehnatsevarlikni biladi. Mehnat insonni yuksaltiradi va mexnat orqali inson ma'lum darajaga erishadi.
Insonparvarlik hayot faoliyati shakli sifatida insonparvarlik va noinsoniylik, yaxshilik va yomonlik. Erkinlik va zo‘ravonlik, munosabatlarining yig‘indisida kuzatiladi. Insoniylik, g‘amxo‘rlik. Sevgi, hurmat, mas'uliyatlilik, axloqiy qonun, burch tushunchalarida namoyon bo‘ladi.
Anglash tizimi sifatida insonparvarlikning falsafiy asoslaridan biri qadr-qimmat tushunchasidir.
Insoniy bilishning gumanistik xususiyati jamiyatni demokratik tashkil etish tuzilmalarida namoyon bo‘lib, faqatgina sharoitni bartaraf etishga tayyorlik emas,balki kasallikka olib keluvchi sabablarni tugatishni aks ettiradi.
Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda insonparvarlik darajasi tarixan yuksaldi. Insonparvarlikning ijtimoiy sharoitidan tashqari ma'lum sotsio biologik va shaxsiy asoslar to‘g‘risida ham gapirish mumkin bo‘lib, insonparvar dunyoqarashni qabul qilish yoki qabul qilmaslikda ko‘rinadi. Bunda gap altruzim va xudbinlik to‘g‘risida boradi. Altruizm- insonning hayotiy yo‘nalganlik tamoyili bo‘lib, insonning boshqa insonlar farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishiga asoslangan bo‘lib, altruist uchun o‘z manfaatidan boshqalarniki ustun turadi. Xudbinlik – insonning o‘zi to‘g‘risida qayg‘urishiga asoslangan hayotiy yo‘nalganlik tamoyilidir, bunda xudbin boshqalarning manfaat va ehtiyojlarini buzgan holda o‘z ehtiyojlarini qondirish to‘g‘risida o‘ylaydi.
Ijtimoiy ishning insonparvar asoslari. Ijtimoiy xizmat boshqa kasblarga qaraganda axloqiy tanlov va etik axloq doirasida joylashadi. Shuning uchun bunday omillar inson axloqini jamiyat axloqi kabi tartibga solish, individual axloqiy nazorat ijtimoiy ishning axloqiy tartibga soluvchisi bo‘ladi. Jamiyat axloqiga yagona talabdan tashqari ijtimoiy xizmat maxfiylik va bag‘rikenglik kabi kasbiy etika tamoyillari bilan ham tartibga solinadi.
  • Insonparvarlikka va axloqqa asoslanib ijtimoiy xizmat o‘zining butun tarixi davomida o‘zgina o‘zgarishlar bilan saqlanuvchi inson xotirjamligi, ijtimoiy adolatlilik, o‘z qadrini bilish kabi muhim elementlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ijtiomiy xodimning kundalik bunday axloqiy muammolari katta o‘zgarishlarga uchragan. (masalan kompyuterlashtirish sharoitida maxfiylik axloqiy muammosi). Bunday muammolarni bir necha darajalarga bo‘lish mumkin a) missiya , maqsad va vazifalaridan kelib chiquvchi ijtimoiy xizmatning qadr bazasiga bog‘liq; b) kasbning axloq standartlarini ishlab chiqish; v) ijtimoiy xodimning kasbiy majburiyat axloqiy dilemmalari.


Ijtimoiy xizmatning ahamiyatlilik muammosi bevosita uning insonparvar mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy ishda har bir shaxs muhim qadriyat sifatida ko‘riladi. Bu shuni anglatadiki, har bir individ hayotiga oliy qadriyat sifatida yondashish bu holat tushunchasini to‘ldiradi, insonning o‘z hayoti o‘ziga munosib bo‘lishi kerak. Ijtimoiy xizmat sub'ekti tomonidan yordamga huquq kim unga murojaat qilsa qandaydir asosga ko‘ra ajratmasdan amalga oshadi. Insonparvar yo‘naltirilganlik ijtimoiy xizmat sub'ektini mijoz bilan o‘zaro munosabatiga ta'sir qilib, ularning hamkorligini kengaytiradi.


Kasbning axloqiy standarti axloqiy qoidalar tamoyillari va standartlarini birlashtirib, unda dasturiy maqsadlar va ijtimoiy xizmatning uzoq vaqtdagi qadriyatlari, ruhsat beruvchi va ta'qiqlovchi tamoyillar, muhim qoidalar, ijtimoiy xodim javobgarligini va majburiyatlarini belgilovchi qoilalarni birlashtiradi. Kasbiy etikani ko‘rsatuvchi axloq va faoliyat tarzi ijtimoiy xodimning shaxsiy manfaatlari va uning majburiyatlari balansida asoslanadi. Mazkur muvozanat asosida- javobgarliking umum falsafiy konsepsiyasi yotadi. Axloq standartida javobgarlik ijtimoiy xizmatning tamoyili sifatida mijoz oldidagi (uning manfaatlari ustuvor), jamoa oldidagi (hamkorlik, to‘g‘rilik), ish beruvchi oldidagi (ijtimoiy himoya organlari oldidagi majburiyatlarni bajarish), kasb oldidagi (ijtimoiy xizmatning asosiy qadriyatlari va yo‘nalishini saqlash) davobgarlik darajasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xodim amaliyotida mijoz, jamoa. Kasb, jamiyat oldidagi majburiyatlar natijasida turli axloqiy muammolar va dilemmalar bilan to‘qnashadi. Mazkur muammoli soha va axloqiy dilemmalar turli mamlakatlar uchun umumiy emas, ammo bir guruh dilemmalar ijtimoiy yordamning har qanday modeli uchun xosdir.:
Mustaqillik va manipulyasiya;
paternalizm va o‘zini aniqlash;
rozilikni xabar qilish tamoyili;
haqiqatni gapirish zaruriyati;
maxfiylik va xabarlarning xususiyligi;
chaqimchilik;
qonunlar va mijoz xotirjamligi;
shaxsiy va kasbiy qadriyatlar.
Ijtimoiy xodimlar axloq kodeksidan doimo o‘zlarining so‘rovi bo‘yicha qoniqarli javob olmasliklari mumkin, bu birinchidan kodeks umumiy atamalarda va yuqori darajadagi mavhumlik bilan tuziladi, ikkinchidan tamoyillar bir qator holatlarda ziddiyatli bo‘ladi va o‘zida axloqiy dilemmalarni aks ettiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy xizmatning kasbiy tamoyillari asosida insonparvar asos yotib, bu barcha kasbiy faoliyat, ilmiy tadqiqot sohasi, ijtimoiy xizmatning umumiy hodisalari uchun asos bo‘ladi.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling