Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet35/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Asosiy atamalar lug‘ati
Altruizm – insonning boshqa shaxslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishiga asoslangan hayotiy tamoyillari bo‘lib, u o‘z manfaatlaridan boshqalarning manfaatlarini ustun qo‘yganda sodir bo‘ladi.

Anomiya –eski ijtimoiy me'yorlar amalda bo‘lishdan to‘xtab, yangilari axloq regulyatori sifatida hali tasdiqlanmagan paytdagi jamiyat holati (E.Dyurkgeym); jamiyatning madaniy maqsadlari o‘rtasidagi kelishuv va ularga erishishning ijtimoiy qabul qilingan vositalari (R.Merton).

Ta'sir qilish (ijtimoiy ish nazariyasida) – muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshiriladigan turli ijtimoiy soha tizimlaridagi mutaxassis va mijozning ikki tomonlama o‘zaro munosabat jarayoni.

Fuqarolik jamiyati– siyosiy hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi jamoat institutlari va munosabatlari tizimi, xususiy va guruhiy manfaatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davlat siyosatini ishlab chiqishga xos munosabatlar tizimi.

«Xatar guruhlari» ijtimoiy umumiylik, barqarorlik mavjud bo‘lmagan holat, kimda katta imkoniyatlar bo‘lsa hayotiy murakkab vaziyatlarda o‘sha jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy degradatsiyaga yetakchilik qiladi.

Insonparvarlik dunyoqarash tamoyili,insonni shaxs sifatida o‘z qadrini bilishi, o‘z huquqlarini erkin namoyon qilishi va o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishdagi g‘oyalar va tasavvurlar yig‘indisi..

Deviatsiya – insonga yoki vaziyatga munosabatga ega bo‘lgan, umumiy me'yorlar va qalriyatlarga mos kelmaydigan axloq.

Diskurs – shaxsiy erkinlikning tanqidiy refleksiya elementi (Yu.Xabermas).

Hayotiy holatlar – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan va uning ehtiyojlari, qadri va tushunchalari bilan bog‘liq, uning xulqi hamda dunyoqarashiga ta'sir qiluvchi hayotning ma'lum davridagi hodisalar yig‘indisi.

Hayotiy dunyo ( fenomenologiyada) – inson sub'ektining o‘z dunyosi, turli odatiy qoida va me'yorlar asosida harakat qiluvchi ijtimoiy amaliyot..


Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling