Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Reja


O’troq dehqonchilik madaniyati jamoalarida dafn marosimlari va ularning evolyusiyasi


Download 0.88 Mb.
bet11/38
Sana05.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#224636
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Tarixiy rekonstruksiya masalalari MA'RUZA MATNI

O’troq dehqonchilik madaniyati jamoalarida dafn marosimlari va ularning evolyusiyasi

O’lkamizda islom dinidan oldin amalda bo’lgan otashparastlik va zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchi ajdodlarimizning o’ziga xos dafn marosimlari kishi e’tiborini jalb etadi. Dafn marosimlari misolida o’sha davr odamlarining umumiy yashash sharoiti, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va diniy mafkurasi qanday bo’lganligini ko’rish mumkin. Jamiyatdagi turli guruhlarning qarashlari va qayg’u-alamlari ularning qabrlarida namoyon bo’lgan diniy marosimlari orqali ifodalanadi.

Bronza davridan e’tiboran zardushtiylik dini chorvadorlar orasida ildiz otib, quyosh eng muqaddas, oliy ibtido sifatida qadrlangan.Bu davr aholisi tog’ tepalarida, ko’l bo’ylarida, quyosh yaxshi ko’rinadigan joylarda quyoshga sig’inib, yaylovga boy yerni so’rashgan. Bronza davrida vujudga kelgan o’troq dehqonchilik vohalari aholisining diniy qarashlari dastlabki davrda dasht aholisi diniy qarashlari bilan ko’p jihatdan o’xshash bo’lsada, o’troq aholining keyingi tarixiy taraqqiyotida cho’l aholisidan keskin farq qila boshlaydi, din jamiyatni boshqarishning ustuvor omiliga aylanadi. Tabiiyki o’troq dehqon hayotida yer, suv, havo, olov (quyosh) muhim o’ringa ega. Tabiat unsurlariga e’tiqod qilish dehqonlar jamoasida tobora uyg’unlashib, aniq tizimga kirib boradi.

Qabrlardan topilgan bronza kurakchadan Sopollitepada, Ilk Tulxor qabristonida va Zamonbobo qabristoni topilmalari bilan qiyoslanadi. Murg’ob vohasi, janubiy Tojikistondagi Nurek, Tandiryo’l, Toxirboy3 va Zarkamar qabristonida o’tkazilgan izlanishlar natijasida topilgan ashyolar, sopol buyumlar Mo’lali bosqichi sopol buyumlaridan farq qilmaydi. Nurek va Tandiryo’lning davriy sanasi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi bilan belgilangan. Toxirboy-3 yodgorligi sopollari ustiga solingan zigzak belgilar Mo’lali sopol idishlarida ham uchraydi. Bundan tashqari, yana Janubiy Turkmanistondan, Eronning Kaytarex qabristoni (mil.avv. II ming yillik oxirlari) sopollariga o’xshashligi aniqlangan. Mo’lali bosqichidan topilgan ikkita silindrli idish Eron Seistoni – Shaxri-Soxta manzilgohi 413-qabr sopollari bilan qiyoslanadi.

Shunday qilib,Mo’lali bosqichi kulolchilik mahsulotlari O’rta Osiyo, Eron va Afg’oniston yodgorliklari bilan bir davrga tegishli bo’lib, bular Bo’ston3, Mo’lali, Nurek, Tandiryo’l va Zarkamardir. Ularning sanasi mil.avv. XI – X asrlar bilan belgilangan.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling