Tandiryo’l qabristoni Tojikistonning Tursunzoda tumanidagi Negmad-Bacha II qishlog’ida joylashgan. Qabristonning umumiy maydoni 300x500 m bo’lib, bu yerdan 34 ta qabr ochib o’rganilgan. O’rganilgan qabrlarning 2 tasigina kenotaf qabrdir. Qabrning ustki qismi va kirish teshigi toshlar bilan berkitilgan.
Qabrlar tuzilishiga ko’ra, 4 ta turga bo’linadi. Bular: 1) yorma qabrlar; 2) qiya yorma; 3) ayvonli lahad; 4) katakomba qabrlardir. Ikkinchi turdagi qabrlar faqat Tandiryo’l qabristoni uchun xarakterlidir. Shunday bo’lishiga qaramay qabrlarning asosiy qismini ayvonli lahad va katakomba qabrlar tashkil etadi. Marhumning dafn etish usuli odatdagidek, yon tomoni bilan oyoq-qo’llari bukilgan holatda ko’milgan. Ularning boshi shimoliy-sharqqa qaratilgan. Odam suyaklari antropologik jihatdan yaxshi saqlangan.
Qabrlarda 1 tadan 9 tagacha sopol idishlar, mitti mehnat qurollari topilgan. Ular bilan birga, sirg’a va popuk, bezaklar ham topilgan. Qabrlardan topilgan barcha ashyoviy dalillar Shimoliy Baqtriyaning dehqonchilik madaniyati yodgorligi – Sopolli madaniyatining Mo’lali bosqichi topilmalariga o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Bu qabristonda nafaqat idishlar, bronzadan ishlangan mitti pichoqlar, turli xil bezaklar, qimmatbaho toshdan munchoq, Terrakota
urchuqtoshlar uchratilgan. Bunday dafn etish usuli Shimoliy Baqtriyaning – Jarqo’ton 4a, Bo’ston 6 qabrlari bilan bir xilligi aniqlangan. Tandiryo’l qabristonida Kenotaf mozorlar ham uchratilib, ularda loydan yasalgan odam haykalchalari, haykalchalar atrofida sopol idishlar va boshqa buyumlar topilgan. Qabrdagi odam suyaklarini antropologik jihatdan o’rgangan T.P.Kiyatkina ularni yevropoid irqining sharqiy o’rta yer dengizi tipiga oid ekanligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |