Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Reja


Download 0.88 Mb.
bet15/38
Sana05.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#224636
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Tarixiy rekonstruksiya masalalari MA'RUZA MATNI

Nurek qabristoni Vaxsh daryosining o’ng qirg’og’ida Amudaryo bilan tutash qismida joylashgan. Bu qabristonda beshta mozor ochilib, ularning 3 tasi (№ 1-3) adirlik Tepasida, qolgan 2 tasi (№ 4-5) Vaxsh daryosining ikkinchi terrasasining pastrog’ida joylashgan. Bu yerdagi 1,3 va 4-qabrlardagi ashyoviy dalillar qabristonni bronza davriga tegishli ekanligini asoslaydi. Qabrlar yomon saqlanganligi sababli ularning tuzilishini aniqlash imkoni bo’lmagan. Qabrdagi odam suyaklari (bosh chanoq va qo’l suyaklari) tosh plita bilan yopib qo’yilgan. Marhum skeleti g’ujanak holatda uchratiladi. Ba’zi qabrlarda suyak qoldiqlari topilmagan, ammo ularda sopol idishlar uchraydi. Bundan ko’rinib turibdiki, Nurek qabristonida xuddi Kangurttut qabrlari singari Kenotaf qabrlar ham bo’lgan. Qabrlarda 1 tadan to 5 tagacha dafn anjomlari uchratilib, bular asosan sopol vazalar, tog’orachalar, tuvak shaklidagi idishlar, shuningdek munchoqlar, oltin uzuk va bronza pichoqlardan iborat. Qabrlarda dashtliklarga xos pichoq ham topilgan. Nurek qabristonidan topilgan ashyoviy buyumlar ushbu qabristonni bronza davriga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Idishlar orasidagi ingichka oyoqli vazalar, bolta ko’rinishidagi devorga ilib qo’yishga mo’ljallangan buyumlar, idishlarning ustki qismidagi angobning uchrashi, idishlarning bo’g’zidagi Vertikal tarzida o’tkazilgan chiziqlar Sopolli madaniyatining Mo’lali bosqichi uchun xarakterli bo’lib, aynan bunday idishlar Tandiryo’l, Jarqo’ton-4S, Bo’ston 6 qabristonining Mo’lali bosqichi qabrlariga xosdir. Topilmalarning boshqa qismi Sopolli madaniyatining Bo’ston bosqichi qabrlari, Kangurttut, Jarqo’ton – 4S, Bo’ston 6 qabrlari uchun xosdir. Nurek qabristonidagi 3-qabrdan topilgan noyob topilma – tilla uzukni hyech bir topilmaga qiyoslab bo’lmaydi. Bronza pichoqning qoldiqlari esa dasht tipida bo’lib, Kangurttut topilmalariga juda ham yaqin.

Shundan kelib chiqib, ushbu qabristonni davriy jihatdan Sopolli madaniyatining Mo’lali va Bo’ston bosqichlari orasi bilan Belgilash mumkin. So’nggi bronza davrida Janubiy-g’arbiy Tojikiston hududiga Andronova madaniyati qabilalari kirib kelishi kuzatiladi. Ularning izlari Qumsoy - Hisor vodiysida, Kirov nomli savxozdagi manzilgoh, Kurgan-Tyuba (Qo’rg’on tepa)da, Xavolin rayonidagi Tuyun qabristonida, Sharqiy Pomir hududlarida uchratiladi.




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling