Fanning nomi: Ona tili. 4-sinf Mavzu: Uyushiq bo’laklarning bog’lanishi. Darsning maqsadi


Download 148.94 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi148.94 Kb.
#1624013
  1   2   3
Bog'liq
uyushiq bolaklarning boglanishi.


Fanning nomi: Ona tili. 4-sinf
Mavzu: Uyushiq bo’laklarning bog’lanishi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning uyushiq bo’laklar to’g’risida olgan bilimlarini yanada boyitish, uyushiq bo’laklarning bog’lanishi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni odobli, aqlli, ziyrak, mehnatsevar bo’lishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni imlo sezgirligini oshirish, yozish, fikrlash, tinglash va eshitish qobiliyatlarini o’stirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, “Sirli kalit”, “Tez javob”, “Gap tuz’’ ta’limiy o’yinlari
Dars shakli:Noan’anaviy dars.
Dars jihozi: Tarqatma materiallari, ko’rgazmali qurollar, rasmlar, multimedia ilovalari, rag’bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’qituvchi: O’quvchilar omonmisiz
Bugun darsga tayyormisiz?
O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz
Bugun darsga tayyormiz!
O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi
Hamma ishdan darakchi!
Navbatchi o’quvchi: Sinfda men navbatchi
Hamma ishdan darakchi!
Navbatchi axboroti tinglanadi
Siyosiy daqiqa: O’qituvchi o’quvchilarga ,,Sirli kalit“ nomli o’yindan foydalanadi. O’qituvchi o’quvchilarga savollar tarqatadi. O’quvchilar savollarga javob beradilar.
Savol: O’quvchilar, aytinchi bizning Prezidentimiz kim?
Javob: Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.
Savol: Hozir o’lkamizda qanday fasl hukm surmoqda.
Javob: Kuz fasli.
Savol: Kuzda tabiatda qanday o’zgarishlar kuzatiladi.
Javob: Daraxtlar bargi sarg’ayadi, kunlar soviy boshlaydi.
Savol: Xo’sh aziz o’quvchilar aytinglarchi, qanday vatanimiz ramzlarini bilasiz?
Javob: O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi, baryog’i, madhiyasi mavjud. O’zbekiston pul birligiga, qomusiga ega.




Download 148.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling