Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar
Download 0.63 Mb.
|
Maxsus fan 43 javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34. O‘qitishning jadallashtirilgan texnologiyasi.
33. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar.
SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bu erda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi: insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish; hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi. SHaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi: pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi; har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi; yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. 34. O‘qitishning jadallashtirilgan texnologiyasi. Bu tizimda: Ta’lim maqsadlari: *1 Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. *1 har qanday individual qobiliyatli bolalarning barchasini o’qitish. *2 Tezlashgan o’qitish(umumiy o’rta ta’lim hajmini 9 yilda o’qitish). Prinsiplari: - ko’p marta takrorlash, majburiy bosqichli nazorat, yirik bloklar bilan o’rganish; faoliyatning dinamik yaxlitligi, tayanch signallar, harakatlarning mo’ljalli asoslari; - shaxsga yo’naltirilgan yondashuv; - insonparvarlik (barcha bolalar iqtidorli); - o’quv vaziyatlarining tafovutsizligi, tuzatish uchun istiqbollarning ochiqligi, muvaffaqiyatning o’sib borishi; - ta’lim va tarbiyaning uzviyligi. Mazmunning o’ziga xos jihatlari: *3 O’quv materiali yirik hajmda kiritiladi. *4 Material bloklar bo’yichajoylashtiriladi. *5 O’quv materiali tayanch sxema-konspekt ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Jadallashtirilgan ma’ruzani qo‘llashga zaruriyat, tadqiqot natijasida ishonch hosil qilingan ikki holatdan kelib chiqadi: 1. Auditoriyaga o'qituvchi savolni mavzu bo'yicha m a’ruzani o'qib bo'lgach tashlaganiga qaraganda, m a’ruza o'qigunga qadar berishi talabalarni ma’ruzada bildirilgan fikrlarni yoki materialni yaxshiroq o'zlashtirishiga olib kelar ekan. 2. M a’ruza boshlangandan 15—20 daqiqa o'tgach talabalarning diqqati susayadi. Demak, metodni o'zgartirish, talabalarni darsga faol qatnashishga undash zarur. Buni qanday amalga oshirsa boiadi? Bu ishni pedagog olimlar ta’lim texnologiyasi asosida amalga oshirilishi mumkinligini ko'rsatib berishdi. Bunda m a’ruza jarayo140 nida talabalar ham darsga faol qatnashadilar. Dars o'tkazish hamkorlikka asoslanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling