Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari


Innovasion ta’lim texnologiyalari


Download 0.63 Mb.
bet19/23
Sana15.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1094035
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Maxsus fan 43 javob

35. Innovasion ta’lim texnologiyalari. Innovatsion ta’lim - ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
innovatsion ta’lim texnologiyalariga ko’ra pedagog-o’qituvchikompetensiyasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: - o’qituvchi ta’lim berish, tarbiyalay olish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qila olish va xolisona baholay olish mahoratiga ega bo’lishi kerak; - o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilishi kerak. Pedagog-o’qituvchi o’z oldiga qo’yilgan mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarishi, ta’lim-tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak: - zamonaviy ilmiy, madaniy va innovatsion texnologik taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi; - dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan anglashi; - kompyuterli ta’lim va o’qitishning boshqa texnik vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishi; - internet tarmog’i to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi va undagi axborotli texnologiya mazmunini teran tahlil qila bilishi; - pedagogik mehnatning samaradorligini tahlil etish usullarini bilishi;
O’qitishning innovatsion shakllari (trening, davra suhbati, interaktiv ma’ruza, interaktiv ekskursiya, videokonferensiya, virtual ma’ruza, virtual ekskursiya va b.), metodlari (Aqliy hujum, Klaster, Assesment, Qarorlar shajarasi va b.) va vositalari (interfaol doska, prezentatsiya, elektron darslik, grafik organayzerlar, virtual trenajerlar va b.) shakllandi.
36. Kreativ ta’lim texnologiyasi. Kreativlik (ing “create”-yaratish, “creative”yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g„oyalarini ishlab chiqishda tayyor tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobilyat ma‟nosini ifodalaydi.
Kreativ ta‟lim texnologiyasida,kreativ ta‟lim jarayonini samarasini oshirish uchun har xil metodlardan foydalanish kerak.Masalan : “Idrok xarita”, “Atirgul”, “T-sxemasi”, “Zinama-zina”, “FSMU”, “Aqliy hujum”, “Esse”, “bayon,insho” yozish, “Blits sorov” kabi texnologiya va metodlar. Bu metodlar albatta o„quvchining dars jarayoniga,fang abo„lgan qizishini oshiradi  Fikrlash jarayonini kengaytiradi  Fan bo„yicha keng tushunchaga ega bo„lishini ta‟minlaydi  O„qishga bo‟lgn motivatsiyani ko„paytiradi
KREATIV TA‟LIMni “FSMU” metodiga qo’yib yoritamiz

F

Kreativ ta'lim jarayonida talabalarni fikrlarini,taffakurini,dunyo qarashini kengaytiradi

S

Kreativ ta'limning asosiy maqsadi va sababi kadrlarni,pedagoglarni keng fikrlashga,muammoli vaziyatlardan chiqa olishi ,taffakurini rivojlanishi uchundir

M

Torrence amerikalik olim komil inson,kreativ fikrlarni ilgari surgan

U

Kreativ ta'lim davlatimizda mustail fikrlaydigan,ta'limda yangi o'quv turlarini olib kira oladigan,yangiliklar qilishdan qorqmaydigan shaxslarni ko'paytirish

Kreativ ta‟lim jarayonidagi muammolar 1. Pedagoglarning ko„plarida “kreativlik” haqida tushunchaga ega emasligi 2. Hozirda pedagoglar –yangiliklarni ilgari surish,ijodiy mahsulotlar yaratish,dars jarayoniga nostandart usullar bilan yondashishga intilmasligi, o„sha bitta qolipga tushib o„sha qolipdan chiqmasligi 3. Innovatsion yondashuv va pedagogic masalalarni yechimini topishga kreativ yondashmaslik 4. O„z kasbiga ijodiy yondashmaslik 5. Pedagog kasbiga muhabbat qo’ymasdan ishlashi;

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling