Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari


Download 0.63 Mb.
bet4/23
Sana15.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1094035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Maxsus fan 43 javob

7. Ishchi o`quv rejasi
Namunaviy dastur asosida ishchi o'quv rejasi ishlab chiqiladi. Ishchi o'quv rejasida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo'yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, dars o'tish, mashg'ulot turlari: m a’ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg'ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi. M a’ruza mashg'uloti hamda seminar mashg'uloti mavzularida har bir mavzuda o'rganilishi zarur bo'lgan mavzuning o'quv maksadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o'rganish va o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati faqamlarda ifodalanadi. Shu fanni o'qitish bo'yicha lozim bo'lgan o'quv vositalari, ko'rgazmali namoyish materiallari, o'quv fllmlari va boshqa didaktik materiallar ro'yxati keltiriladi.
Ishchi o'quv dasturiga muvofiq ravishda mashg‘ulot(seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o'quv kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqa ishlar ishlab chiqiladi.


8. Texnologik xarita
Darsni texnologik yondashuv asosida tashkil etish bu jihatdan birmuncha farq qiladi. Unda seminar darsi o'tishning texnologik xaritasi tayyorlanib, barcha savollar muhokamasi qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. 0 ‘qituvchi va talabalarning qanaday vazifalami bajarishi ko'rsatiladi. Darsning maqsadi, o'quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O'qitishning metodlari va o'rganish texnikasi, o'qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur darsni o'tgungacha talabalar bilishi lozim bo'lgan bilim va malakalar ko'rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o'tilishi, qanday topshiriqlar berilishi ko'rsatiladi.
Texnologik xarita — m a’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat. Texnologik operatsiyalar esa ishchi tomonidan o ‘zining ish o'rnida bajariladigan yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi. Texnologik xaritada ana shu operatsiyalar va ularni qanday ketma-ketlikda qanday bajarilishi ko‘rsatiladi. Xuddi mahsulot ishlab chiqarishda bo‘lganidek o ‘quv yurtlarinmg «mahsuloti» ko‘zda tutilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo'lgan yoshlardir. Xaritada ana shu jarayon, unda bajariladigan «operatsiya»lar ketma-ketligi, muddati ko‘rsatiladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling