Fаnning tаriхi vа rivоjlаnish tеndеnsiyalаri. OʻLchаsh хаtоliklаri. Dаtchiklаrni, O’zgаrtkichlаrni, ахbоrоtlаrni uzаtish reja
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontaktsiz o‘lchash usuli
- Differensial o‘lchash usulida
- Kompleksli o‘lchash usuli
Bevosita o'lchashda berilgan miqdor, masalan, valning diametri shtangensirkul bilan
bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) o'lchanadi. Bilvosita ollchashda izlangan miqdor u bilan ma'lum bog'lanishda bo‘lgan boshqa bir miqdorni o‘lchash yo‘li bilan topiladi. Masalan, katta valning D diametrini topish uchun uni ruletka bilan aylantirib, o‘rab olib, ruletkaning valni bir marta o‘ralgan qismini uzunligi topiladi. Geometriyadan esa aylananing I uzunligi pD ga teng ekani ma’lum; π l D = Kontaktli o‘lchash usuli bilan o‘lchashda o‘lchanadigan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir biriga tegadi (masalan, val o‘lchamini shtangensirkul bilan oichanganda shunday bo‘ladi). Kontaktsiz o‘lchash usuli bilan o‘lchaganda o‘lchanayotgan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir-biriga tegmaydi (masalan, optik yoki pnevmatik o‘lchash asboblari yordamida o‘lchaganda shunday bo‘ladi). Detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishda ba’zan detallarni nazorat qilish degan tushunchadan foydalanadilar. Nazorat qilish deganda o‘lchamning haqiqiy qiymati emas, balki detalning o‘lchami yo‘l qo‘yilgan eng katta va eng kichik o`lchamlaridan, ya’ni joizlik chegaralaridan og‘masligini qayd qilish tushuniladi. Differensial o‘lchash usulida detalning har bir elementi alohida boshqasiga bog‘liqsiz o‘lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, tashqi yoki ichki diametrlarni aniqlash, shlitsali birikmada shlitsaning enini aniqlash. Detalning yaroqliligi haqidagi xulosa hamma o‘lchashlardan keyin qilinadi. Kompleksli o‘lchash usuli yoki nazoratini amalga oshirish uchun maxsus asboblar yoki kalibrlar qo‘llanilib detalning yaroqliligi haqida darhol xulosa qilinadi. Bunda birdaniga hamma yoki bir nechta parametrlar o‘lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, shlitsali tiqin yoki halqa bilan nazorat qilishda. Uzunlikning yassi parallel uch o‘lchovlari qisqacha plitka deb ataladi. Plitka po‘latdan qilingan to‘g‘ri to‘rtburchaklik bo‘lib, uning ichki tomoni o‘zgarmas kattalikda, balandligi bo‘yicha o‘lchamlari esa turlichadir. Plitkalarning uch o‘lchovi deb atalishiga sabab, ularning aniq o‘lchamlari to‘g‘ri to‘rtburchakning uchlari (boshlari) da hosil bo‘lishidir (7.1–rasm, a). Har bir plitkaning ish o‘lchami uning “o‘rtacha uzunligi” bo‘lib, bu uzunlik plitkaning bir o‘lchash sirtining o‘rtasidan shu sirtga qarama-qarshi joylashgan o‘lchash sirtining o‘rtasiga tushirilgan perpendikulyarga aytiladi. UYaPUO‘ mashinasozlikda o‘lchovning birligini saqlaydigan va asosiy o‘lchov vositasi hisoblanadi. Ular orqali mahsulotga etalondan uzunlik birligi o‘tqazish amalga oshiriladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling