Fаnning tаriхi vа rivоjlаnish tеndеnsiyalаri. OʻLchаsh хаtоliklаri. Dаtchiklаrni, O’zgаrtkichlаrni, ахbоrоtlаrni uzаtish reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana12.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1191679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 maruza (1)

Shkala bo`limining qiymati deb, o'lchanadigan miqdorning shkaladagi bir bo'limiga mos qiymatga
aytiladi. Masalan, soat tipidagi indikator shkalasidagi bir bo'limning qiymati 0,01 mm ga teng.
Shkala bo`limining intervali shkala bo'limlarini belgilovchi shtrix (chiziqcha)lar orasidagi
masofadir. Ko'pchilik o'lchash asboblarining bo'limlari intervali 1 dan 2,5 mm gacha bo'ladi.
O'lchash asboblarida yo`l qo'yiladigan xatolik deb, o'lchash asbobidan foydalanishda yo'l
qo'yiladigan eng katta xatolikka aytiladi. O'lchash xatolarini ko'zdan kechirishda o'lchash asbobi
ko'rsatkiclilarining bir xil bo'lmasligi qaraladi (variatsiya-bir miqdorni qayta-qayta olchab olingan
qiymatlari ayirmasidir).
O'lchash asbobining o`lchash chegaralari – ayni asbob yordamida o'lchash mumkin
bo'lgan eng katta va eng kichik o'lchamlardir.
Shkala bo`yicha o`lchash chegaralari – o'lchamning shkala yordamida bevosita o'lchash
mumkin bo'lgan eng katta qiymatidir.
O'lchashdagi zo'riqish - o'lchanadigan buyum va o'lchash asbobi sirtlarining yondashishida
o'lchash asbobida yuz beradigan zo'riqishdir.
O'lchash usuli deb, qandaydir miqdorni o'lchashda ishlatiladigan vositalar va uslublar
majmuasiga aytiladi.


O'lchanadigan buyumlarning qiymatlarini aniqlash usullari absalyut, nisbiy, bevosita va
bilvosita, kontaktli va kontaktsiz bo'lishi mumkin.
Mutloq o`lchash usuli o'lchanayotgan miqdorni o'lchash asbobining ko'rsatishlariga qarab bevosita
to'la hosil qilishdan iborat. Masalan, detalni shtangensirkul bilan o'lchab, o'lchamning 25,5 mm
ekanini topish.
Nisbiy usul. Bu usulda o'lchanadigan miqdor o'lchamining belgilangan o'lchamdan yoki
namunaning ma'lum o'lchamidan og'ishi aniqlanadi. Masalan, indikatorni plitadagi ustunga
mahkamlab qo'yib, qandaydir namunaga qarab nol belgini qo'yadilar so'ngra esa detalni
o'lchaydilar. Bu holda indikator nazorat qilayotgan (o'lchanayotgan) detal o'lchamining namuna
o'lchamidan qancha og'ishini ko'rsatadigan bo'ladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling