Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish
Download 218 Kb.
|
behruz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Belgilab qoyilsinki
5. Belgilab qo'yilsinki:
maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari va sport talim muassasalarida futbol bo'yicha o'quv, o'quv-mashq, tarbiyalanuvchi va o'quvchilarni saralab olish (selekciya) hamda ularda musobaqalarni o'tkazish tartibi O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirib boriladi; futbol mahorat maktablari direktorlari va sport bo'yicha direktor o'rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O'zbekiston futbol associaciyasining taqdimnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 6. 2020-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstrukciya ishlarini amalga oshirish jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020 yil va kelgusi yillarda O'zbekiston Respublikasi Investiciya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan futbol mahorat maktablarini qurish va rekonstrukciya qilish ishlari uchun markazlashgan kapital quyilmalar limitlari ajratilishini taminlasin. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi futbol mahorat maktablarini qurish va mavjudlarini rekonstrukciya qilish bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o'tkazishni taminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatsin. 7. Belgilab qo'yilsinki: a) umumtalim maktablari o'rtasida: har bir tuman (shahar)da doimiy ravishda yiliga kamida ikki marotaba “Maktablar futbol ligasi” musobaqalari o'tkazib boriladi; “Maktablar futbol ligasi” musobaqalari tuman (shahar) hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga hamda O'zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga ajratilgan mablag'lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini o'tkazish natijalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar tuman (shahar) bolalar-o'smirlar sport maktablarining futbol bo'linmalari hamda xususiy futbol maktablariga saralab olinadi (selekciya); b) tuman (shahar) bolalar-o'smirlar sport maktablari futbol bo'linmalari va xususiy futbol maktablari o'rtasida: yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan meyorlar asosida tuman (shahar), Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika miqyosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari o'tkazib boriladi; “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablag'lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini o'tkazish natijalari bo'yicha futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilar saralab olinadi (selekciya); v) futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari o'rtasida: yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan meyorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari o'tkazib boriladi; “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini o'tkazish natijalari bo'yicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilar saralab olinadi (selekciya); “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablag'lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari futbolchilari respublika hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etadi; g) O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasida futbol bo'yicha turli yosh toifasidagi terma jamoalar tayyorgarlik ko'radilar. 8. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O'zbekiston futbol associaciyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan professional futbol klublari ustav fondlaridagi davlat va davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlari ulushlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazish orqali xususiy investorlarga sotish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin. 9. O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat va davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlarining ulushlari ro'yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Download 218 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling