Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish


Download 218 Kb.
bet5/9
Sana18.01.2023
Hajmi218 Kb.
#1098810
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
behruz (2)


Qayd etilsinki:

professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlari ulushlari O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga xo'jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va xo'jalik jamiyatlarining ulushlarini balans qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi;

mazkur Farmonning 6-ilovasida ko'zda tutilgan professional futbol klublarining ustav fondidagi davlat ulushlari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o'tkazish bo'yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan belgilangan tartibda sotiladi.

10. Professional futbol klublariga davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablag'larning samarali foydalanilishi ustidan O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan monitoring o'tkazish amaliyoti joriy qilinsin.

O'zbekiston futbol associaciyasi:

monitoring natijalari yuzasidan davlat korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek, yuqori turuvchi organlarga taklif va tavsiyalar kiritib borsin;

professional futbol klublaridagi sportchi va boshqa mutaxassislarni rag'batlantirish tizimi shaffofligini taminlash maqsadida ikki oy muddatda yagona tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

11. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy futbol associaciyalari faoliyati tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo'shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirilishini taminlasin.

12. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va O'zbekiston futbol associaciyasining 2020-2021 yillarda:

Toshkent viloyati, Yuqori CHirchiq tumani, Yangibozor qo'rg'oni hududida futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot markazini tashkil etish;

O'zbekiston futbol associaciyasi huzurida funkcional diagnostika, sportchilarni sog'lomlashtirish va reabilitaciyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan taminlash to'g'risidagi takliflari maqullansin.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yilgi O'zbekiston Respublikasi Investiciya dasturining markazlashgan kapital quyilmalar limitlari doirasida futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot markazini qurish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag'lar ajratilishini taminlasin.

13. O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va ularda shu jumladan quyidagilarni:

bukmekerlik faoliyatini licenziyalash O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;

bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subektlari tomonidan telekommunikaciya tarmoqlarida, shu jumladan, Internet tarmog'i provayderlarida xizmatlar ko'rsatilishini tartibga solishni;

bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun yo'naltirishni;

bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishini nazarda tutsin.

14. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi futbol mahorat maktablari faoliyati bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek, ularni futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taminlash xarajatlari uchun zarur mablag'larni 2020 yilda Davlat byudjetining “Madaniyat va sport” sohasiga ajratiladigan mablag'lar doirasida ajratsin va 2021 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.

15. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020 yil 1 fevralga qadar tegishli hududlarda stadion va futbol maydonlarini xatlovdan o'tkazsin va xatlov natijasi bo'yicha egasi nomalum stadion va futbol maydonlari qonunchilikda belgilangan tartibda joylardagi tuman (shahar) bolalar-o'smirlar sport maktablariga o'tkazilishini taminlasin.

16. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

17. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, O'zbekiston futbol associaciyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A.Azizov zimmasiga yuklansin




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling