Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish
Download 218 Kb.
|
behruz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 O’zbekiston futbol sportiga qancha pul ajratiladi va ularning qay darajadi qo’llanilishi
- O’zbekiston futboliga yetarli legioner o’yinchilarni yetishmaligi vac him muommosi
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari
. 2 O’zbekiston futbol sportiga qancha pul ajratiladi va ularning qay darajadi qo’llanilishi «Paxtakor» o‘yinchilari va klub xodimlarining daromadlari bo‘yicha ma’lumot berildi«Paxtakor» futbol klubi asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etdi. Klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming yevro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko‘p daromadni shveysariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming yevro.Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon «Paxtakor» klubidagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidlagan edi. Ushbu bayonotga mos tarzda «Paxtakor» asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etdi. Klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming yevro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko‘p daromadni shveysariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming yevro. O‘yinchilarning aksariyati yiliga 153 mln so‘m maosh oladi. Bundan tashqari, ularga o‘yindagi ishtirokiga qarab mukofot puli ham beriladi. Jumladan, himoyachi Yegor Krimets bir yil davomida 4 mlrd so‘mdan ko‘proq mukofot puli olgan. «Ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi», — deyiladi xabarda. O’zbekiston futboliga yetarli legioner o’yinchilarni yetishmaligi vac him muommosi Hozirgi kunda O'zbekistondagi deyarli har qanday futbol klubida legionerlar mavjudligi hech kimga sir emas. Balki bu mamalakatimiz futbol klublari o'rtasida “o'zini hurmat qiladigan klub yoki, deylik, o'zini professional va eng yaxshi deb hisoblaydigan jamoa, bir fuqarollika ega bo'lgan futbolchilardan iborat bo'lolmaydi va bo'lmasligi kerak” degan tushuncha paydo bo'lganidandir. Sizning nuqtai nazaringizni ham hurmat qilaman albatta! Ushbu yondashuvdan asosan o'z jamoasini boshqa mamlakatning eng kuchli futbolchilari va murabbiylarlari hamda boshqa mutaxassislari bilan to'ldirishni va kuchaytirishni istaydigan o'zbek klublari foydalanishmoqda? Menimcha, bu fikr asosan xorijdan taklif etilgan mutaxassislar tomonidan taklif etilmoqda va mamlakatimiz klublari ushbu takliflarni foyda va zaralarinini o'rganmay turib ularning takliflarini qabul qilmoqda. Quvonarlisi shundaki, har bir milliy chempionatda legionerlar sonida cheklovlar mavjud. Bu qoida milliy chempionat chinakam milliy bo'lib qolishi uchun belgilanganligini anglatadi. Endi o'ylab ko'ring, O'zbekiston futboli uzoq vaqtdan beri malum mutaxassislarni, shuningdek boshqa davlatlardan kelgan futbolchilarni jamoalariga jalb qilish tajribasidan nimaga erishdi? Bu jamoalarimizga qanday dars bo'ldi foydalimi yoki zararli?! Ularning barchasi o'z vazifalarini vijdonan va professional ravishda bajarganmi va bajarishayaptimi? Legioner - bu o'ziga xos, mahalliy o'yinchilardan yaxshiroq o'ynaydigan va shunga yarasha ishlashga majbur bo'lgan futbolchi. Albatta tushunarliki, buning uchun uning maoshi ham bizning mahalliylarga qaraganda 2-3 baravar yuqori bo'lishi shart. Har holda ular shunday deb hisoblaydilar biz esa ularni bu fikrlarini va talablarini har tomonlama qullab-quvvatlaymiz. SHu bilan birga, ular orasida umuman o'ynamaganlari ham mavjud. Ular shunchaki shartnomada ko'rsatilgan maoshlarini olishib yotishgan va qandaydir bir mahalliy futbolchini joyini, imkoniyatlarini egallabyuravergan. Klub ham bunga ko'z yumushga majmur. Sababi, klub rahbariyatlari muddatidan oldin bu kabilarni ishdan bo'shatgani uchun ularga tovon puli to'lashi aniq va ravshan tushunishadi. Sizni ishontirib aytamanki, har bir legioner o'zimizning tajribali va iqtidorli mahalliylardan ko'ra ko'proq narsaga ega bo'ldi. Agar klub yuqorida aytilganlarning barchasini inobatga olmasdan, shunchaki o'yinchini qo'yib yuborishga qaror qilgan bo'lsa, u albatta sud jarayonlari girdobiga sho'ng'igan! Ammo bu vaziyatda ham klub o'zining haqligini isbotlolmaydi! Yaqinda kuzatganlarim natijasida shuni guvohi bo'ldimki, FIFA tomonidan ko'rib chiqiladigan barcha sud jarayonlari asosan bir tomonlama hal qilingan. Sizningcha, kimning foydasiga? To'g'ri, xorijliklarning. Barcha legionerlar va chetdan kelgan murabbiylarning, mutaxassislarning o'zbek klublaridagi faoliyatini tahlil qilib ko'rsangiz, ularning ko'pchiligi, deyarli barchasi klublardan pullarni g'aroyib miqdorda olishganiga yoki undirishganiga va achinarlisi buning evaziga klublar kutilgan muhim natijaga erisha olmaganiga guvoh bo'lasiz. Ustiga-ustak, natijada yana o'zbek klublari, yumshoq qilib aytganda, masuliyaciz firibgarlar va yolg'onchilar nomiga ham ega bo'lishdi. Ehtimol, ko'pchilik bu fikrni men bilan bo'lishmaydi, lekin men ishonamanki, O'zbekistonda jahon darajasidagi o'yinchilar unchalik ko'p emas. Agar o'zbek futbol klublarining barcha mutaxassislari va ularning tepasida turgan homiylari, shu jumladan futbol o'ynashni biladigan yoki bizning mahalliy klublarga qaraganda ozroq yaxshiroq ko'rsatmalar bergan chet ellik o'rtoqlarimizni jalb qilmasa, yaxshi bo'larmidi?! Agar buning umuman iloji yo'q deb hisoblaydiganlar bo'lsa, buning o'rniga, chet el klublaridan mutaxassislarni qisqa muddatli sharnomalar asosida taklif qilish va jalb qilish amaliyotini sinab ko'rish maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, “Gannover 96” dan mutaxassislari yoki murabbiylarini yoki mamlakatimizga avval ham tashrif buyurgan va haqiqatdan ham tajribasi, foydali maslahatlari va ko'rsatmalari bilan bo'lishgan, juda yaxshi taassurot qoldirgan va o'zbek futboliga oz bo'lsada foydasi tekkanlar bilan 1-2 oyliklik shartnoma tuzib tajriba almashsa ham bo'ladiku. Bunga misol qilib Andrey Vaybertni keltirish mumkin. So'nggi paytlarda o'zbek futboliga nisbatan tanqidlar tobora ko'paymoqda. Xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyacizliklar mamlakat futbolidagi muxlislarning hech biriga g'urur bag'ishlamaydi. Buning ustiga, otni kallasidek maosh olayotgan chet ellik futbolchilar va murabbiylarning faoliyati istalgan va kutilgan natijani bermayapti. Agar klublarimizning chet ellik sheriklar oldidagi qarzdorliklar, to'lanmay qolgan to'lovlar, kompensaciyalar bo'yicha davolar bilan bog'liq nizolarini, murosalarini sonini hisobga oladigan bo'lsak, vaziyat mutlaqo ayanchli ekanini ko'rishingiz mumkin. Sizga o'zbek klublari tajribasidan bir misol keltiray. “Nasaf”dan boshlaylik. Klub legionerlari orasida uzoq yillar davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan va yaxshi natija ko'rsatgan futbolchilari bor edi. Ammo bu natijalar uning klubdan olgan xarajatlari va haqlarini oqladimi, deb kim o'ylab ko'rdi. Sizni ishontirib aytamanki, ushbu futbolchilarning biriga to'langan mablag' evaziga butun yil davomida ushbu klubning bolalar va o'smirlar akademiyasini qo'llab-quvvatlashga va yuritishga etarli edi. Endi G'uzorning "SHo'rtan" klubi tajribasiga nazar tashlaymiz. Bunday tajriba almashish asosida milliy chempionat oliy ligasidan butunlay chiqib ketgan va bugungi kunga qadar o'z poziciyasini isbotlay olmayotgan klubni ko'rishimiz mumkin holos. Klub chet ellik o'rtoqlari - Urosh Milosavlevich, Predrag Vuyovich, Igor Kriushenko, V.Varivonchik, Tadeushga va yana allaqandaydir futbol agentiga katta miqdorlarda to'langani va qaysidir qismi malum sabablarga ko'ra qarzdorligicha qolayotgani, ushbu klub bunday tajribadan faqat zarar ko'rganligini tasdiqlaydi va bu zarar juda ulkan. Agar ushbu janoblarga klub tomonidan to'langan va yuqorida aytilgan sud jarayonlari orqali ular olgan va undirishda davom etayotgan pul miqdorini hisob-kitob qilsak, tumanda yana bir “SHo'rtan” kabi ajoyib infratuzilmali klub barpo qilish mumkin edi. O'zbekistonning deyarli barcha klublari bunday vaziyatga duch kelishdi. Qolaversa, o'zbek klublarida chet ellik "mutaxassislar" rahbar lavozimlariga tayinlangan holatlar ham bo'lgan va bu davom etib ham kelmoqda. Masalan, "Bunyodkor" ni olaylik. Bu klub tarkibiga qandayin taniqli shaxslarni taklif qilmagan deysiz - Rivaldo, Ziko, Eduardo Antunees Koimbra, Skolari, Lushan barchasini sanab o'tirmayman. SHu kungacha ham ushbu klubda xorijiy do'stlarimiz bilan tortishuvlar va ular oldida qarzdorliklar mavjud. Mamlakatimizning megapolis klubi qanday darajaga ko'tarildi, jamoa qanday natijalarni ko'rsatdi, bundan o'zbek futboli qanday foyda ko'rdi? "Navbahor" - bugungi kunda ham sud jarayonlaridan halos bo'lish uchun kurashib kelmoqda, nafaqat Belenkov oldida. Sushkin bilan murosalar "Neftchi" da hamon dolzarb bo'lib qolmoqda. Bir paytlar legionerlar va xorijlik murabbiylarning "yordamiga" tayangan "Andijon", "Buxoro" va boshqa barcha klublar, yaxshi holatda natijasiz qolishdi, eng yomoni vaziyatlarda esa katta nohaq qarzlar va kompensaciyalar bilan “QARZDOR” yoki “AYBLANUVCHI” bo'ldi-qoldi. Vaziyat achinarli albatta. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari 2-jadval
Download 218 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling