Fantaziyali reklama; Reklama tarqatishning boshqa vositalari


-MAVZU. TURIZM VA MEHMONXONA XO‘JALIGI MARKETING


Download 90.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.10.2023
Hajmi90.64 Kb.
#1702286
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu

 
13-MAVZU. TURIZM VA MEHMONXONA XO‘JALIGI MARKETING 
FAOLIYATINI REJALASHTIRISH 
Reja: 
1.Turizm va mehmonxona xo‘jaligi marketing faoliyatini rejalashtirishning 
mohiyati, ob’ektiv zaruriyati va maqsadlari 
2.Turizm va mehmonxona xo‘jaligida istiqbolli va strategik rejalashtirish 
3.Turizm va mehmonxona xo‘jaligida strategik rejalashtirishni amalga 
oshirilishi 
4.Turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketing nazorati 
1.Turizm va mehmonxona xo‘jaligi marketing faoliyatini rejalashtirishning 
mohiyati, ob’ektiv zaruriyati va maqsadlari 
Rejalashtirish – rejani ishlab chiqish va keyin uning tadbirlari amalga oshirilishi 
jarayonini nazorat qilishdir. Kutilayotgan sharoitlarda muqobil variantlarni qiyosiy 
taqqoslash orqali maqsadlar, vositalar va harakatlar haqida qaror qabul qilishga 
sistemali tayyorgarlik biznesni, jumladan turistik biznesni rejalashtirishning 
mohiyatini tashkil qiladi.
Turizmni rejalashtirish majburiydir. Rejalashtirish turizmni rivojlantirishning 
barcha bosqichlarida – xalqaro, milliy, mintaqaviy, mahalliy, shuningdek firmalar 
darajasida amalga oshirilishi kerak. Bu sohani rejalashtirish nazorat qilinadigan, 
kompleks va barqaror asosda bo‘lishi kerak. 
Turizm tartibsiz rivojlanayotgan joylar ko‘pincha ham mahalliy aholining 
hayotiga, ham turistlarning dam olishiga zarar etkazayotgan ekologik va ijtimoiy 
muammolardan ziyon ko‘rmoqda. Bu marketingni qiyinlashtiradi va iqtisodiy 
daromadlarning pasayib ketishiga olib keladi. Nazorat qilinmaydigan turizm rayonlari 
rejali asosda rivojlanayotgan turistik markazlar bilan samarali raqobat qilishga qodir 
emas. Bunday rayonlarni rejali yondashuv asosida qayta tashkil qilish mumkin, biroq 
bu katta mablag‘lar va ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi. 
Ko‘p mamlakatlarda turistik biznes haligacha faoliyatning nisbatan yangi turi 
hisoblanadi. Bu yerlarda rejalashtirish bu sohaning oyoqqa turishi uchun muhim 
shart-sharoit bo‘lishi mumkin. Rivojlanan turistik sanoatga ega mamlakatlarda 
rejalashtirish iqtisodiyotning ushbu sektorini kengaytirish va uning kelajakdagi 
hayotiy qobiliyatini ta’minlash uchun zarur. 
Milliy, mintaqaviy va mahalliy bosqichlarda turizmni rivojlantirishga rejali 
yondashuv g‘oyasi keng tarqalib bo‘lgan, lekin uni amaliyotga joriy qilish haligacha 
turli omillar, ko‘pincha iqtisodiy sabablar bilan oqsamoqda. Ba’zi rayonlarda amal 
qilayotgan rejalar eskirgan va hozirgi bozor sharoitlarini va kelgusida bashorat 
qilinayotgan tendentsiyalarni hisobga olgan holda qaytadan ko‘rib chiqishga muhtoj. 
Hozirgi vaqtga kelib shu narsa ayon bo‘ldiki, turizm rivolanishining turli 
bosqichlarida uni rejalashtirish va rejalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish 
mamlakat va tegishli mintaqalar uchun sezilarli foyda keltirishga xizmat qiladi. 
2.Turizm va mehmonxona xo‘jaligida istiqbolli va strategik rejalashtirish 

Download 90.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling