Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Iqtisodiyotning fundamental masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir


Download 88.09 Kb.
bet9/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

Iqtisodiyotning fundamental masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Bu masalani tо‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bо‘lgan hayotiy vositalarga bо‘lgan zarurati ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida о‘rin tutadi. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni о‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar birlamchi hayotiy ehtiyojlardan iborat bо‘lib, u kishilarni moddiy kо‘rinishga ega bо‘lgan ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bо‘lgan zaruratidir (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, zeb-ziynat buyumlari transport va h.k.)
Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bо‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bо‘lish kabi moddiy kо‘rinishga ega bо‘lmagan kо‘plab hayotiy zaruratlarini о‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bо‘lish, sport о‘yinlari va kо‘ngilochar tomoshalarni birgalikda kо‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni tо‘liq qondirishning iloji yо‘q.. Jamiyatda har bir ma’lum davrda kо‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bо‘ladi. Vaqt о‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bо‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar о‘zgaradi va kо‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning tо‘xtovsiz yangilanib va о‘sib borishi tabiiy bо‘lib, uni о‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning miqdoran о‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning о‘sib borishi qonuni deyiladi
Ehtiyojlarning о‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz о‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bо‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bо‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida tо‘planib, ayni vaqtda mavjud bо‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bо‘lgan imkoniyatlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (yer, suv, о‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qо‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yо‘li bо‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qо‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bо‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling