Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili
Iqtisodiyot nazariyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Download 88.09 Kb.
|
1-2-3 IQTISOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotning fan sifatida, ya’ni iqtisodiy tizimning mohiyati, maqsad va vazifalari haqidagi tizimlashtirilgan bilimlarni shakllanishi 16-17 asrlarga tо‘g‘ri keladi va «siyosiy iqtisod»
2.Iqtisodiyot nazariyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning kо‘zga kо‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida uchraydi. Xususan, Qur’oni Karim, hadislar, Qobusnoma, Ibn Xaldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarida insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilgan. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bо‘lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qо‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qо‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.2 Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bо‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini о‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, tо‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.3 Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan О‘rta Osiyoning kо‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil о‘rganish asosida uning kо‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bо‘lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi. Iqtisodiyotning fan sifatida, ya’ni iqtisodiy tizimning mohiyati, maqsad va vazifalari haqidagi tizimlashtirilgan bilimlarni shakllanishi 16-17 asrlarga tо‘g‘ri keladi va «siyosiy iqtisod» («politikos» - ijtimoiy, davlat «oykos» - uy xо‘jaligi, «nomos» - qonun) nomi bilan atala boshladi . Bu - kapitalizmning shakllanishi, manufakturani paydo bо‘lishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ichki va tashqi bozorlarni kengayishi, pul muomalasini tezlashuvi davridir. Bu jarayonlar iqtisodiyot faniga merkantilizm ta’limotini yuzaga kelishi orqali kirib keldi Merkantilistlar birinchi bо‘lib notо‘g‘ri talqin qilgan bо‘lsalarda, boylikni kelib chiqish manbalarini belgilab beradilar. Ular boylikning manbai savdoda, ya’ni muomala jarayonida, boylik esa pulda deb hisoblaganlar (“muomala jarayoni qanchalik tez va qisqa bо‘lsa, pul shunchalik kо‘p tо‘planadi”). Mazkur ta’limotning nomi ham shundan kelib chiqqan, “merkantil” - “pullik” degan ma’noni bildiradi. Biroq, Antuan Monkretyen de Vattevilning “davlatni oltin va kumushlar... boy qilib qо‘ymaydi, balki hayot kechirish uchun zarur bо‘lgan ne’matlar boyitadi” degan fikrlari asosida olib borilgan tadqiqotlar iqtisodiyot fanida yangi bosqichni boshlab berib fiziokratlar (yunoncha –“tabiat hukmronligi”) ta’limotini tug‘ilishiga olib keldi. Fiziokratlar yirik yer egalari manfaatlarini himoya qilib, bu ta’limot namoyondalari – boylik manbai dehqonchilikda, faqat mahsulot ishlab chiqarish iste’mol qilingandan kо‘ra kо‘proq bо‘lganida yuzaga keladi deb hisoblaydilar. Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bо‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xо‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat kо‘rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Biroq ularning yirik xatosi xо‘jalik hayotida davlatning rolini inkor qilishlik edi. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yо‘nalish о‘zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari tо‘g‘risidagi ta’limotni hamda qо‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yо‘nalishi «ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib о‘tish kerak, mazkur yо‘nalish klassik ilmiy yо‘nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yо‘nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bо‘lib xо‘jalik jarayonlarining miqdoran о‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining predmeti sifatida insonlar о‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bо‘lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi. Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xо‘jalik yuritishning bozor tizimi tо‘g‘risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha sо‘zdan olingan bо‘lib, oxirgi, qо‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bо‘lib, ular tomonidan qо‘shilgan tovar nafliligining, qо‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bо‘lgan talab va uning narxi о‘rtasidagi bog‘liqlik va о‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qо‘llanildi. Iqtisodiyot nazariyasining yangi yо‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bо‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yо‘nalishning namoyondalaridan biri shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bо‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar о‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini kо‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns о‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning о‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb kо‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yо‘lga qо‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yо‘nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bо‘lgan bо‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bо‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qо‘shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda о‘ziga xos yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir. Download 88.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling