Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir


Download 88.09 Kb.
bet13/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan о‘ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bо‘lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bо‘g‘inlari, sohalari, bо‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri о‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham о‘zgarishi mumkinligini kо‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx о‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bо‘lib, ular bir-birini tо‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.

5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari


Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog‘liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yо‘llari, qonun-qoidalari va aniq usullaridir.
Dialektik usul tamoyillari ilmiy bilishning umumiy usuli bо‘lib xizmat qiladi. B tamoyillarning mohiyati quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, о‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bо‘g‘inlardan, bо‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan о‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bо‘ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bо‘lagini alohida olib, uning о‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yо‘q bо‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda о‘rganish.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan о‘zgarishlar tо‘plana borib, sifat jihatidan о‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning о‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar о‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bо‘ladi va bir-biriga ta’sir kо‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan о‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bо‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar о‘rniga yangilari paydo bо‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qо‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bо‘ladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining о‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ular:
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bо‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, о‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida о‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, kо‘zga kо‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling