Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Download 88.09 Kb.
bet14/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu о‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan о‘rganish. Sintez – bu о‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yо‘l bilan о‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bо‘yicha ham tahlil qilinadi.
Eksperiment usuli - iqtisodiy о‘sishning keskin о‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida о‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik kо‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment о‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yо‘nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qо‘shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bо‘g‘ini bо‘lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, ish haqi tо‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini о‘rganish markaziy о‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning tо‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil obyekti bо‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot о‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan о‘zaro ta’sirda bо‘ladi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling