Faoliyat ishlanma. Maktabga ekskursiya Qo`llash usullari


Download 31.61 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi31.61 Kb.
#1415775
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Begzoda ijtimoiy

Jismoniy daqiqa
Tarbiyachi:
- Bolalar, faraz qiling, siz askarlarsiz, o`quv mashqidasiz. Sanama aytib ikki guruhga bo`lining. Bolalar, predmetlar orasidan ilon izi bo`lib harakatlaning. Marraga kim birinchi bo`lib yetib boorish. Ikkinchi shartimiz – ikkala guruh arqon tortish. Qaysi guruh kuchli ekanligini bilib olamiz.
Bolalar san’at markaziga o`tib, “Bizning jonajon armiya” mavzusida rasm chizishadi. Faoliyat markazida bolalar loydan va aplikatsiya usulida foydalanish mumkun.
- Kelinglar bolalar Vatanimiz himoyachilarini tasvirlab mustaqil rasm chizamiz.
Syujetli rolli o`yin “Chegarachi”
Tarbiyachi: Faol ishtirok etgan bolalarni rag`batlantirib faoliyat yakunlanadi.
Askarlar so`ziga tushuncha top
Maqsad: Tarbiyalanuvchilardan Vatan tuyg`usini shakllantirish, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni ekanligi va bolalar qalbida milliy armiyaga nisbatan muhabbat, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligi va askarlar, Vatan posbonlariga bo`lgan mehrini uyg`otish, ularni havas va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixoz va materiallar: “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi rasm.
Fan va tabiat faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
- Bolalar 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Vatan himoyachilari bu – bizning askar yigitlarimiz, sizning akalaringiz bo`ladilar. Siz esa ularning o`rinbosarlari bo`lasiz, chunki tez kunda ulg`ayib, Vatanimiz posbonlariga aylanasiz. Askar yigitlar Vatanimizni dushmanlardan himoya qiladilar va chegaralarimizni qo`riqlaydilar. Ular yurtimiz tinch bo`lishi uchun kecha-yu kunduz sergak turadilar. Men sizlarga askarlarimiz haqida she’r o`qib beraman.
Yurt qalqonlari
Dilshod rajabi
O`zbekiston – hur Vatan
Baxtimiz ayvonidir
Armiyamiz mustahkam
Ona yurt qalqonidir
Harbiy xizmat faxrimiz
Bu-mardlar maydonidir
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir
She’rim sizlarga yoqdimi? Kelinglar, hozir sizlar bilan “Askar so`ziga tushuncha top” o`yinini o`ynaymiz. Men sizlarga savollar beraman. Qani kim aytadi. Yurtimizni kimlar qo`riqlaydi?

Download 31.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling