Faoliyat psixologiyasi
Download 198.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1363013176 42031
antitsipatsiya deb ataladi.
Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko`radi va uning nati-jasini nazorat qilib turadi. Muvaffaqiyatli sa`y-harakatlar, o`zini oqla-gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, o`zihi oqlama-ganlari esa qoilanishdan chiqarilib, boshqalariga aimashtiriiadi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tu- zatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati mashq deb ataladi. t Har qanday malaka ham kishi allaqachon egallab olgan malakalar tizimida amal qiladi va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa, boshqalari xalaqit beradi, uchinchi bir xili esa uni o`zgartiradi va hokazo. Bunday hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deb yuritiladi. Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga nisbatan jarayonlaming ko`chishi asosida tarkib topadi. Ko`chish esa shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maqsadlari uchun muhim boigan belgilari bo`yicha o`xshashligiga tayanadi. Bu o`xshashlik anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Faoliyat qanchalik murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo`ljallangan hamda ular obyektlarning qanchalik ko`proq o`zgartiri-lishini talab qiladigan bo`lsa, muvaffaqiyatli ko`chishni ta`minlash uchun zarur bo`lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi. Lekin har qanday holda ham, bunday ko`chish ko`nikma, ya`ni qo`yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin. Ko`nikma faoliyat subyektning o`zida mavjud bilimlar va malakalar bilan maqsadga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va ama-liy harakatlarning murakkab tizimi egallab olinishini ifodalaydi. Ko`nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axborotni va narsalardan olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o`zaro bog`lash jarayonining butun bir tizimining egallanishini bildiradi. Bu xildagi shakllantirish, ya`ni ko`nikmalarga o`rgatish jarayoni turli yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini qayd qilib o`tish zarur. Bu yo`llarni bir- biridan farq qiluvchi ikkita holatga ajratish mumkin. Birinchi holatda o`rganayotgan kishi zarur bilimga ega bo`ladi. lining oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi qo`yiladi hamda kishining o`zi sinab ko`rish va xatolarga yo`l qo`yish orqali tegishli mo`ljal olgan, axborotni qayta ishlash va faoliyat usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi. Garchi bu yoining samaradorligi past bo`lsa ham, bugungi kunda u ta`lim jarayonida eng ko`p qo`llaniladigan yo`l ekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo`l shundan iboratki, ta`lim berayotgan kishi ting-lovchining bilimlarini qo`llash uchun zarur bo`lgan psixik faoliyatni boshqarib boradi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko`ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo`lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarili-shi va bunga butun diqqat va ongning yo`nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o`tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko`pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o`girilganda malaka hosil bo`ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o`rganganmiz. Agar malakalarimiz qat`iy tarzda bizdagi bilimlarga ta-yansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko`ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta`minlasa, biz uni ko `nikmalar deb ataymiz. Ko`nik-malar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Hayotda ko`nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o`qishda, meh-natda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta`minlaydi. Download 198.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling