Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik


Download 1.21 Mb.
bet65/72
Sana24.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1394006
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individu

KREATIVLIK (ijodiy qobiliyatlar). Ko`rsatib o`tganimizdek birgina IQ (intellekt koeffitsienti) asosida kishini ishga qabul qilish, uning imkoniyatlarini baholash noto`g’ri bular edi. Shu sababli 50 yillardan boshlab aqliy rivojlanishni o`rganish bilan bir qatorda kishining ijodiy qobiliyatlarini ham o`rganish va o`lchashga katta e’tibor berib boshlandi. Bu borada maxsus testlar yaratildi.

"Intellekt" tushunchasi ko`proq psixologiyadagi konvergent tafakkur tushunchasiga mos keladi - birdan-bir to`g’ri javobni izlash va unga keltirishga yo`nalgan.

"Kreativlik" tushunchasi esa ko`proq divergent tafakkur tushunchasiga mos keladi. Divergent tafakkur, bu turli tomonlarga tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o`zida turli yo`nalishlarga tarqaluvchi, ko`plab yechim variantlarni yaratishga yo`nalgan tafakkur. Shu sababli divergent tafakkur kutilmagan natija va yechimlarga olib keladi.

Ijodiy qobiliyatlarni (kreativlik) baholashda berilgan vazifani yechishning "engilligi", "moslashuvchanligi va egiluvchanligi", "orginalligi"ga e’tibor beriladi.

PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR - harakatlar va harakatlar tizimini amalga oshirish va boshqarishning psixologik va motor (harakat) asoslari. Ularga quyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; keskin harakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik qobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish.

Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo`r qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bo`lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin.

Talantlilikning yuqori bosqichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda printsipial ravishda yangi bo`lgan biror narsani yaratgan kishilar geniylar deb hisoblanadilar. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo`l ko`rsatuvchi bosqichlar bo`lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxslar bo`ladilar.

Qobiliyatlar , masalan, olim, yozuvchi, konstruktor va hokozolar shug’ullanadigan aqliy mehnat bilan mashg’ul bo`lgandagina paydo bo`lib qolmaydi. Faoliyat turlari "oliy" va "quyi" xillarga bulinmaydigan va texnika taraqqiyoti oddiy ishchini yoki kishlok xo`jaligi sohasida ishlayotgan mehnatchini ijod bilan shug’ullanishga, ratsionalizator bo`lishga, ishlab chiqarishda yuqori ko`rsatgichlarga erishishga undayotgan, ayniqsa bizning mamlakatimizda jismoniy ishda ham qobiliyatlar nomoyon bo`laveradi.




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling