Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi Xavfsizlik psixologiyasi psixologik jarayonlar Psixologik holatlar


Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi


Download 35.45 Kb.
bet7/8
Sana14.12.2022
Hajmi35.45 Kb.
#1001697
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 XFX

Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi.
Reja:

  1. Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash

  2. Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish

«Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko’rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o’rganish bo’yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.
Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о‘zlashtirishlari lozim:
– mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;
– mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;
– mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
– mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.Ergonomika – insonning mehnat faoliyati davomida faoliyatni samarali bo’lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funksional imkoniyatlarni o’rganuvchi fandir. Boshqacha aytganda, bu fan – inson xususiyati, mashina imkoniyatlari va tavsifnomalari hamda muhit xususiyati orasidagi o’zaro muvofiqlik hamda o‘zaro ta’sirni o‘rganuvchi fandir. Ergonomika atamasini qo‘llash polyak olimi Yastshembovskiy tomonidan taklif etilgan va u o‘zining «Chert ergonomiki, tо yest nauki о trude» nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan.
Ergonomika sohasida «inson-mashina-muhit» tizimining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi quyidagi besh xil muvofiqlik mavjud: ma’lumotlar (axborot), biofizik, energetik, fazoviy- antropometrik va texnik-estetik.
Мa’lumotlar muvofiqligi. Murakkab tizimlarda ishchi odatda, bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. Chunki ko‘pincha xavflilik nuqtayi nazaridan ishchi, ushbu jarayonning bаjarilish joyidan ma’lum masofada uzoqda bo‘ladi. Boshqarish оbyektlari esa ko‘rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin. Ishchi faqatgina o‘lchash asboblari va jihozlarining ko‘rsatkichlarini ko‘rishi, signallarni eshitishi va bu orqali jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. Bu turdagi barcha qurilmalar ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda, ishchi boshqarish dastaklaridan, yoqib-o‘chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish jihozlaridan foydalanishi mumkin. Bunday boshqarish vositalarining birgalikdagi holati sensomotor qurilmalar deb ataladi. Мa’lumotni aks ettiruvchi vositalar va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modelini tashkil etadi. Ishchi ushbu model orqali eng murakkab tizimlarni ham xavfsiz boshqarishi mumkin bo‘ladi. Ish davrida mashinaning barcha texnologik va energetik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan va shu bilan bir vaqtda ishchining xotirasi va fikrini charchatmasdan (zo’riqtirmasdan) barcha ma’lumotlarni qabul qilish hamda qayta ishlash imkonini beradigan ma’lumot modelini yaratish – ergonomikaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Albatta, bu masala yechimi xavfsizlikni ta’minlash, ishdagi aniqlik, sifat, ish unumdorligi kabi ko’rsatkichlarga bog’liq bo’ladi. Shu sababli, ma’’umot modeli insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur.


Download 35.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling