Baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog’liq bo`ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi. Tashkiliy xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori darajada xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilmasligi;
2) xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni mavjudligi;
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va kojuxlarni yo`qligi;
7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha yoritilmasligi;
8) xavf haqida «To`xta! Yuqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling! Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi;
9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |