Faoliyat xavfsizligini ta`minlashda psixologik omillarning ahamiyati reja: Kirish


Download 21.18 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1210077
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TA`MINLASHDA PSIXOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI


FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TA`MINLASHDA PSIXOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI
Reja:
Kirish.
1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari.
2.Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi.
3.Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan keyin 1990-yil iyulda Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga "Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish haqida buyruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning o’zida HFX fani yangi predmetdir.
Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining maqsadi turadi. HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi. HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi. Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor "Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi. Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun, xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi.
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «insonmuhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.


Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling