Faoliyatda axborot texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/167
Sana26.10.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1723376
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari Abduhamdova Shahodat Erjigitovna

 
Arxivlash dasturlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SALOMLASHISH 
DAVOMATNI 
ANIQLASH 
O’QUVCHILARNING 
DARSGA TAYYORLIGINI 
ANIQLASH 
Arxivlash tartibi 


Yangi mavzuning bayoni 
3-ilova 
Fayllarni arxivlash 
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda
yahni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ko’chirishda, diskka joylashda, saqlab 
qo’yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati 
tug’iladi. 
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan holatda diskda 
saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o’chirilishi sodir 
bo’lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham 
qo’llaniladi. 
Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuv chi fayllar, kam qo’llaniladigan, eski hujjatlar
har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo’llaniladi. 
Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo’lishi va unda har bir fayl alohida ko’rinishda saqlanishi 
mumkin. Bunday arxiv fayllari ko’p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli 
ma’lumotlarini qismlarga bo’lib disketalarga sig’adigan, qulay ko’rinishga keltirish uchun 
foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. 
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish 
arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to’liq fayllar strukturasi 
bo’yicha yoki papkalar bo’yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko’p 
bo’lsa, ularni oldin bitta papkaga yig’ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet 
muhitida arxivlangan holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, bahzi hollarda arxivlash natijasida 
boshlang’ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst 
va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. 
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, 
imkoniyat darajasi bo’yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini 
kengaytmasi bo’yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. 
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo’ladi. Arxiv 
sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: 
• 
fayl nomi; 
• 
fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot; 
• 
faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; 
• 
faylning diskdagi va arxivdagi o’lchami; 
• 
arxivning to’liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik tekshirish kodi. 
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows muhitida fayllarni arxivlash 
uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling