Faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: a jismoniy shaxslar
deganda korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirish
Download 68.5 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari
deganda korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirish,
moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan hamda e’lon qilinishi, uning manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, davlat siri bo’lmagan ma’lumotlar tushuniladi. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Har bir korxona uni mahkam tutishga harakat qiladi. Qaysi korxonada uning jamoasida «firma — meniki» degan hissiyoti paydo bo’lishi uchun iqtisodiy sharoit yaratilar ekan, u erda tijorat sirini sotishga intilish, mehnat intizomini buzish, mulkni o’g’irlash, firma obro’sini to’kish ishlovchilarning xayoliga ham kelmaydi. Chunki, har bir kishi firma erishgan yutuqdan manfaatdor. Firma korporativ manfaatini amalga oshirishning muhim omili — firma ishini yaxshi boshqarish hisoblanadi. Korxona o’z faoliyati davomida ko’plab iqtisodiy faoliyat sub’ektlari bilan aloqa bog’laydi. Firma ichida uning ichki tuzilishiga muvofiq turli bo’linmalari o’rtasida aloqa mavjud. Bu o’z navbatida korxona bo’linmalari ishini bir-biriga moslash, korxona faoliyatini bozorga, bozordagi vaziyatga, boshqalar faoliyatiga muvofiqlashtirish talab qilinadi. Ana shu faoliyatlarni moslashtirish boshqarish, ya’ni menejment deb yuritiladi. Hozirgi paytda menejment o’ta murakkab va mas’ul ish bo’lganidan, uni bajarish maxsus bilim va mahorat, tajribani talab qiluvchi kasbga aylandi. Shu kasb egalari menejer deyiladi. Fan-texnika revolyutsiyasi boshqarishda revolyutsiya yasadi. «Hokimiyat» mulk egalaridan menejerlar qo’liga o’tdi. Boshqaruvchilik — menejment fanining asoschisi deb haqli ravishda amerikalik injener va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. U boshqarishni, nima qilishni aniq bilish, eng arzon, eng a’lo darajada bajarishni bilish san’ati deb atagan. Korxonaning muvaffaqiyati yangi texnika-texnologiya va ish kuchi sifatidan tashqari uning yaxshi boshqarilishiga ham bog’liq ekanligini ko’rsatib, taniqli iqtisodchilardan A. Marshall uni ishlab chiqarishning alohida omili deb ko’rsatgan. Boshqarishning hozirda ham ahamiyatini yo’qotmagan printsiplarini Teylorning zamondoshi frantsuz Fayol ishlab chiqqan. Ishlab chiqarishni tashkil etishni Ford sistemasi ham hali-hanuz qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari boshqarish xizmatiga talab oshadi. O’z ishining ustasi farang menejerlar toifasi paydo bo’ladi. Ular g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish boshqarish bilan shug’ullanishadi. Menejerlar g’oyani topib tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molga topshirib, qayta pul shakliga keltirguncha bo’lgan faoliyat davomida bayon qilingan 5 bosqichdan iborat maqsadni amalga oshiradi. Firma faoliyatining muvaffaqiyati uni bozor talabiga moslashtirishga bog’liq. Ana shu moslashtirish marketing deb ataladi. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling