Faoliyatining umumiy tavsifi


Amaliyot hisobotining obyekti


Download 1.66 Mb.
bet2/10
Sana04.05.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1425195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Naxshab

Amaliyot hisobotining obyekti qilib Qarshi shahrida joylashgan uch yulduzli “ Naxshab ” mehmonxonasi, predmeti qilib esa, “ Naxshab ” mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish bosqichlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar olindi.
Amaliyot hisobotining maqsadi. “ Naxshab ” mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy bosqichlarini o‘rganish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib,
amaliyot hisobotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • “Naxshab” mehmonxona faoliyatining umumiy tavsifini yoritish;

  • “Naxshab” mehmonxonasining yangicha qiyofasi va joriy etgan yangi dasturini ochib berish;

  • “Naxshab” mehmonxonasining boshqaruvini o‘rganib chiqish;

  • “Naxshab” mehmonxonasining ko‘ngilochar dasturlari va restoranlari haqida ma’lumot berish;

  • “Naxshab” mehmonxonasining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish.

Ushbu amaliyot hisobotining ahamiyati shundaki, unda keltirilgan materiallardan “Naxshab” mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish bosqichlari bilan bog‘liq masalalarni hal etishda va ularning faoliyatini yanada rivojlantirishda, u haqida to‘liq ishonchli ma’lumot olishga asos bo‘la oladi.
1.“ Naxshab” mehmonxona faoliyatining umumiy tavsifi.
“Naxshab” mehmonxonasining Qashqadaryo viloyatida o‘rni katta. “Naxshab” mehmonxonasining keng va zamonaviy xonalari ham xordiq chiqarish uchun juda qulay. Mehmonxona Qarshi shahrida joylashgan bo‘lib, jamoat transporti orqali osongina yetib kelish va osongina shaharning istalgan joyiga borish mumkin.
Mehmonxonada mazali taomlar tayyorlanadigan oshxona, korporativ yig'ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun ziyofat zali mavjud.


1-rasm. “Naxshab” mehmonxonasining kartadagi ko‘rinishi2.

“Naxshab” mehmonxonasi Qarshi shahrining Infin bank yaqinida joylashgan. Mehmonxonaning yaqin atrofida ko’plab tadbirkorlik obyektlari joylashgan.




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling