Faoliyatning borishi


O’yinning maqsadi: Bog’langan nutqda “SH” tovushini mustahkamlash


Download 23.26 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi23.26 Kb.
#1070826
1   2   3   4
Bog'liq
MASHG\'ULOT ISHLANMA

O’yinning maqsadi: Bog’langan nutqda “SH” tovushini mustahkamlash.
O’yinning borishi: Stulchada bir bola ko’zini yumib o’tiradi. U mushuk rolini bajaradi. Qolgan bolalar sichqonlar ro’lini bajaradilar. Sichqonlar sekin yurib mushukni oldiga keladilar va barmoqlari yordamida “senimi,shoshmay tur!”ifodasini qo’llab quyidagi sherni aytishadi:
Sichqonboylar jim bo’ling,
Jim bo’ling.
Baroqvoy qilig’dan

Ogoh bo’ling,ogoh bo’ling!
Shu so’zlar aytilganidan so’ng mushuk uyg’onib ketadi va “miyov”deb sichqonni quvlaydi.
Sichqonlarning uyi chiziqcha tortib belgilab qo’yiladi va u yerga mushuk kira olmaydi.O’yin hamma sichqonlar ushlanmaguncha davom etishi mumkin. Oxirida qolgan bola yangi o’yinda boshlovchi bo’ladi. Hamma ushlangan sichqonlar “SH”tovushi ishtirokida 2-3 ta so’z aytishlari kerak.

Rasmlarni tanla” o’yini.


O’yinning maqsadi: “S” va”SH” tovushlarini bir-biridan farqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Nomida “S” va “SH” tovushi bor bo’lgan rasmlar, so’zlar tanlanadi. Logoped
Bolalarni ikki guruhga ajratadi.Birinchi guruh bolalari “S”tovushi bor bo’lgan rasmlarni tanlab oladi. Ikkinchi guruh bolalari esa “SH” tovushi bor bo’lgan rasmlarni tanlaydi.Logopedning stoli ustiga rasmlar o’ng tomoni bilan tartibli qilib qo’yilgan bo’ladi.Har bir guruhdan bittadan bola chiqib o’zlariga taalluqli bo’lgan tovush uchun rasm olib,joylariga o’tiradilar.Bolalar rasm va predmetlarni tanlab olib bo’lgandan so’ng,har bir bola o’rnidan turib,rasmlarning nomini aytadi. Rasmlarning nomini aytganda “S” yoki “SH”tovushini boshqa tovushlardan ajratib aytishlari kerak.Qolgan bolalar rasmni nomini aytgan bola uni to’g’ri tanlaganmi yoki yo’qmi kuzatib boradi.So’ngra bolalarning o’zlari shu tovushlar uchun so’z o’ylaydilar va aytadilar.
Logoped “S” va “SH” tovushlari bor bo’lgan so’zlarni aytadi,bolalar esa bu so’zlarni takrorlaganlarida”s” va “SH” tovushini to’g’ri talaffuz etishlari kerak. Masalan: sochiq, sichqon,shaftoli,mahsina,gilos, sham, sholg’om va boshqalar. Bolalar so’zlarda “S”va “SH”tovushini boshqa tovushlarga nisbatan cho’zibroq talaffuz etishlari “S” va”SH” tovushi qaerda kelishini aniqlahslari lozim.
Olma terimi” o’yini.

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling