õlimidan 1 oy õtib,uning otasi Nurmuhammad bobo bilan chiqisha olmay qoldi. Hadeb
janjal qilib,uning õlimida Nurmuhammad boboni ayblayverdi. Oxiri Polshaga qaytib
ketishini aytdi,bir õzi emas,rafiqasi va Jalilni ham olib ketishini aytdi. Nurmuhammad bobo
yalinib yolvordi,bolam 5 kunligim bormi? Yoʻqmi? Õlsam kim tobutimni koʻtaradi? Men
bilmayman,siz meni õğlimni õldirdingiz? Qaray olmadingiz,asramadingiz? Jalil
narsalaringni yiğishtir,Polshaga ketamiz, endigina darvozadan kirgan Jalil darrov nima
boʻlganini tushundi. Dada sizlar ketsangiz ketaveringlar,ammo men bobom bilan qolaman.
Õzimni yurtimda tinch,xotirjam yashayman. Uyalmaysizmi? Ukamni õlganiga bir oy
boʻldi,siz esa janjaldan bõshamaysiz? Uyni ham barakasini õchirdingiz... Dadasi Jalilni
yuziga tarsaki tushirdi. Qolsang qolaver, ammo mendan pul,mul kutma. Toʻyingni ham
bobong bilan õtqizarsan. Yordam soʻramayman, xavotirlanmang dadajon,õqib,oliy
maʼlumotli boʻlganman,ilmim bor,yaxshi joyga ishga joylasha olaman. Ammo nima qilsang
õzingga qaytadi deyishgan. Bobom qarigan chogʻlarida ularni tashlab chiqib ketyapsizmi?
Men ham xuddi shuni qaytaraman sizga. Qush uyasida koʻrganini qiladi,unutmang shuni!
Dadasi hamma narsasini yigʻdi,xotinini olib chiqib ketdi. Onasi ketishidan oldin,bolam
õzingni asra,bobongga qara,duolarini ol,men õzim senga telefon qilaman. Bolaginam deb
peshonasidan õpib chiqib ketdi. Shu bilan ulardan darak boʻlmadi. Bu voqeadan ikki hafta
õtgach,Jayrona odatiy kunlarning birida Nurmuhammad boboning uylari darvozasi katta
katta ochiq,koʻp odamlar toʻplangan. Jayronaning yuragi ogʻridi,oldin Ali õlganda ham
shunday koʻp odam toʻplangan edi. Endi nima bõldi ekan? Uyga kirsa onasi yigʻlab õtiribdi.
Ha oyi nima boʻldi? Nurmuhammad bobo omonatlarini topshiribdilar,Alining yoniga
Do'stlaringiz bilan baham: |