Фарғона давлат университети тадқиқотчиси Сиддиқов Илёсжон Бахромовичнинг “Ёшлар интеллектуал маданиятини ривожлантиришнинг ижтимоий-фалсафий жиҳатлари”мавзусидаги 09


Download 13.31 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.31 Kb.
#1508199
Bog'liq
Ichki taqriz


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI O‘QITUVCHISI, O.ASHUROVANING “BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI” NOMLI MONOGRAFIYASIGA


TAQRIZ
Jahon amaliyotida ta’lim mazmunini standartlashtirish bilan bog‘liqlikda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni jadal o‘zgartirishlar kiritishni talab etmoqda. Ta’lim muhitini loyihalashtirish, individuallashtirish, tabaqalashtirish, kasbiy yo‘naltirish, qo‘shimcha ta’lim dasturlari asosida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini erkin tanlash imkoniyatini yaratib beruvchi o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirish texnologiyasini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan (modulli texnologiyalarni ishlab chiqish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarni oshirish, moderatorlik va supervayzerlik qobiliyatlari, tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish mahoratini rivojlantirish kabi ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday muhim ahamiyatga ega tadqiqotga bag‘ishlangan monografiya 3 bob 7 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Monografiyaning birinchi bobi “Bob. bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari” deb nomlanib, mazkur bobda so‘nggi yillarda pedagogik-psixologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida ta’limni insonparvarlashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘qitishni individuallashtirish, ta’lim shakllarini optimallashtirish, ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish, bu jarayondagi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalasiga alohida urg‘u berilmoqda.
Monografiyaning ikkinchi bobi “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari” deb nomlanadi. Unda Pedagogika fanlaridan o‘tiladigan har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning pedagogik texnologiyaga tayanilishiga e’tibor berildi.
Monografiyaning uchinchi bobi “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatiga tayyorlashning samaradorligi” uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, ya’ni ularning professionalligi, pedagogik jarayon subyektlaridan biri sifatida o‘quvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta’minlash boshqaruvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasiga bog‘liq bo‘ladi
Muallif monografiyaning xulosa qismida tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, zamonaviy sharoitlarda oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarining kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda innovatsion yondashuviga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqqan. Shuningdek, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati, foydalanilgan adabiyotlarni keltirib o‘tgan.
Mazkur monografiyada keltirilgan ma’lumotlardan pedagoglar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar keng foydalanishlari mumkinligini inobatga olgan holda, Farg‘ona davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, O.Ashurovaning “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari” nomli monografiyasini nashrga tavsiya etaman.


FarDU pedagogika-psixologiya
fakulteti dekani, p.f.b.f.d (PhD) U.Q.Maqsudov
Download 13.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling