Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi


Download 69 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1407669
  1   2   3   4
Bog'liq
o‘tkazgan tadbir2 (2)


FARG’ONA VILOYATI QO’SHTEPA TUMANI
1-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MATEMATIKA O’QITUVCHISI
ABOBAKIROVA (TOXIROVA) SHAXNOZANING 8-SINF O’QUVCHILARI O’RTASIDA O’TKAZILGAN
YOSH MATEMATIKLAR” BELLASHUVI


DASTURI
YOSH MATEMATIKLAR” BELLASHUVI DASTURI

Assalom, azizlar,


Qalbi quyoshlar!
Mexringiz nuridan
Baxramant yoshlar .
Yurakdan siz uchun
Aytamiz kalom !
Tazim aylab deymiz:
O’qtuvchilar: - salom, assalom!

Assalomu aleykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchilar! Bugungi 8-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tadigan “Yosh matematiklar” bellashuvimizga xush kelibsizlar. Sizlarni bugungi bellashuvda ishtirok etadigan o’quvchilar bilan tanishtirib o’taman. O’ng tomonda 8-A” sinf o’quvchilari “Bilimdonlar’ jamoasi, chap tomonda esa 8-B” sinf o’quvchilari “Zukkolar” jamoasi. Bellashuvmizni baholab beruvchi hay’at a’zolari bilan ham yaqindan tanishtirib o’tamiz. boshlovchi Hayat a’zolari tarkibini birma bir tanishtirib o’tadi.


Endi siz azizlarni bugungi bo’lib o’tadigan bellashuv shartlari bilan tanishtirib o’taman. Bellashuvimiz 5 ta shartdan iborat bo’ladi. Har bitta shart uchun alohidadan baholanadi. Bellashuv shartlari quyidagilar:
BELLASHUV SHARTLARI
1 – SHART TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR sharti
2 – SHART “SUDOKU” o’yini
3 – SHART “MATEMATIK BOSHQOTIRMA”
4 – SHART “ZANJIRLI UCHBURCHAK” boshqotirmasi
5 – SHART “KIM TOPQIR” sharti

Shartlar bilan bellashuv mobaynida tanishtirib o’tamiz.




1 – SHART TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR sharti

Bu shart bilan sizlarni tanishtirib o’tsam. Bu shartda ikkala jamoa uchun tezkor savollar o’rtaga tashlanadi. Qaysi jamoa beriladigan savolga birinchi bo’lib to’g’ri javob yo’llasa, ular o’z jamoasi uchun bal olib beradilar. Bu shartimizni o’zining qonun qoidalari bor. Ular bilan ham tanishtirib o’taman. Agar qaysi jamoa o’quvchilari zalda intizom saqlamay o’tirsa, o’sha jamoa to’plagan ballaridan bal olib tashlanadi. Shuning uchun o’quvchilar zalda tinchlik saqlashingizni so’rayman. Marxamat tezkor savollar.


TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR

  1. Prezidentimiz I.A.Karimov 2014-yilni qanday nomlagan?

  2. Maktabimiz direktorining ismi va familiyasi nima?

  3. Biz istiqomat qiladigan Farg’ona viloyati hokimining ismi va familiyasi nima?

  4. Odamda ko’pi bilan nechta tish bo’ladi va u tishlar ilk bor necha yoshda tushadi?

  5. Matematika fanidagi asosiy amallarni sanab bering.

  6. O’zbekiston Respubkilasi Davlat bayrog’ida necha xil rang bor?

  7. O’zbekiston Respubkilasi Konstitutsiyasida nechta modda bor?

  8. O’zbekiston Respubkilasi Davlat Madhiyasini kim yozgan va unga kim kuy bastalagan?

  9. Yil oylarini ichida nechta oyning nomida R harfi bor?

  10. O’z muchalingiz nima ekanligini bilasizmi?

Shu bilan 1-shartimiz o’z nihoyasiga yetdi.


Hay’at a’zolari 1-shart bo’yicha jamoalarni baholgunga qadar men jamoalarni 2-shart bilan tanishtirib o’taman.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling