Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi


Download 69 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1407669
1   2   3   4
Bog'liq
o‘tkazgan tadbir2 (2)

2 – SHART “SUDOKU” o’yini

Bu shartda jamoalar uchun bittadan Sudoku o’yini jadvali beriladi. Ularga 2-shart bo’yicha 1 minut vaqt ajratilgan. Shu ajratilgan vaqt ichida jamoalardan bittadan o’quvchi chiqib o’zlarining jamoalari uchun berilgan sudoku jadvalini to’ldirishlari kerak. Sudoku o’yining asosiy sharti shundan iboratki, jadvaldagi satrni tashkil etadigan sonlarning yig’indisi o’sha satr oxiridagi songa teng bo’lishi, jadvaldagi ustunni tashkil etadigan sonlarning yig’indisi esa o’sha ustun oxiridagi songa teng bo’lishi kerak.


Bu shart uchun jamoalarga 10 balldan ball beriladi. Jamoalardan chiqqan o’quvchilarning qaysi biri jadvalni birinchi va behato to’ldirsa, shu jamoa 2-shart bo’yicha g’olib jamoa hisoblanadi. Bu shartda ham tanlangan o’quvchiga jamoalar tomonidan baqirib yordam berilsa, jamoasidan ball olib tashlanadi. Sudoku o’yini jadvali mahsus plakatlarga chizilib doskaga ilib qo’yiladi. Marhamat 2-shart.
Doskaga Sudoku o’yini chizmasi tasvirlangan plakatlar ilib qo’yiladi. jamoalardan tanlangan ikki o’quvchi 1 minut davomida bu jadvallarni o’zlarining bilimlariga ishongan holda to’ldiradilar. Ular o’zlari to’ldirgan jadvallarni asoslab beradilar. Hay’at a’zolari bu jadvallarn to’g’ri yoki noto’g’ri ekanliklarini tekshirgunlarigacha men 3-shartni tushuntirib o’taman.
Albatta 3-shartni boshlashdan oldin 2-shart bo’yicha jamoalarning olgan ballarini e’lon qilib o’taman. Agarda jamoalardan zalda o’tirishlariga qarab ball olib tashlangan bo’lsa, uni ham e’lon qilib albatta sharxlab o’tib ketaman .Endi 3-shart bilan tanishing.


3 – SHART “MATEMATIK BOSHQOTIRMA”

Shunday qilib o’quvchilar sizlarga 3-shartni ya’ni “Matematik boshqotirma” shartini tushuntirib o’taman. Bu matematik boshqotirma shartida sizlarga raqamlardan tuzilgan tenglik beriladi va raqamlar orasiga ixtiyoriy matematik amallarni yozish bilan siz shu tengliklarni to’g’rilashlaring kerak bo’ladi. Esingizdan chiqarmang amallar bilan birga qavslardan ham foydalanishingiz mumkin va aksincha ikkita raqam orasiga hech qanday amal yozmaslik ham mumkin bo’ladi. Yana bir gap bir marta foydalanilgan amaldan qaytadan foydanish imkoni ham mavjud. Agar shart tushunarli bo’lsa, vaqt ketdi.


Bu tengliklarni o’qituvchi doskaga yozib beradi.
1 – jamoa uchun 3 ta matematik boshqotirma va ular quyidagilar:
1. To’rtta 4 raqamidan 12 ni hosil qilib bering.
4 4 4 4 = 1 2 Javobi: ( 4 – 4 : 4 ) * 4 = 1 2
2. To’rtta 2 raqamidan 21 ni hosil qilib bering.
2 2 2 2 = 2 1 Javobi: 2 2 - 2 : 2 = 2 1
3. Beshta 5 raqamidan 4 ni hosil qilib bering.
5 5 5 5 5 = 4 Javobi: ( 5 – 5 : 5 ) * 5 : 5 = 4

2 – jamoa uchun 3 ta matematik boshqotirma va ular quyidagilar:


1. To’rtta 4 raqamidan 20 ni hosil qilib bering.
4 4 4 4 = 2 0 Javobi: ( 4 + 4 : 4 ) * 4 = 2 0
2. To’rtta 2 raqamidan 13 ni hosil qilib bering.
2 2 2 2 = 1 3 Javobi: 2 2 : 2 + 2 = 1 3
3. Beshta 5 raqamidan 6 ni hosil qilib bering.
5 5 5 5 5 = 6 Javobi: ( 5 + 5 : 5 ) * 5 : 5 = 6

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling