Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi


Download 69 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1407669
1   2   3   4
Bog'liq
o‘tkazgan tadbir2 (2)

4 – SHART “ZANJIRLI UCHBURCHAK” boshqotirmasi

Bu shartda ham jamoalardan bittadan vakil tanlanadi va doskaga zanjirli uchburchak boshqotirmasi chizmasi chizilgan plakatlar ilib qo’yiladi.Bu chizmada zanjirsimon xalqali chizma uchburchak shaklida chizilgan bo’lidi. Uchburchakning uchlaridagi xalqalarga 1 , 2 , 3 raqamlari joylashtirilgan. Chizmadagi bo’sh xalqalarni ichiga shunday raqamlar betakror yozilishi kerakki, natijada uchburchak tomonlarini tashkil etadigan xalqalardagi raqamlar yig’indisi 17 ga teng bo’lsin. Undan tashqari xalqalar ichiga bir marta yozilgan son boshqa xalqada takrorlanmasligi kerak, shundagina uchburchak zanjiri xalqalari ichiga 1 dan 9 bo’lgan raqamlarning hammasi joylashadi.


4-shart bo’yicha o’quvchilarga 2 minut vaqt beriladi. Shu vaqt ichida o’quvchilar xalqalarni to’g’ri to’ldirishlari kerak. To’ldirilgan jadvalni o’quvchilarning o’zlari tushuntirib o’tadilar. Bu shart bo’yicha o’quvchilarga 10 ball dan ball beriladi.
Doskaga jamoalardan tanlangan o’quvchilar chiqadilar va ularga zanjirli uchburchaklar chizmasi chizilgan plakatlar beriladi va ular yashiringan raqamlarni topib yozadilar. O’quvchilar yozgan raqamlarini tushuntirib beradilar.
Hay’at a’zolari jamoalarni 4-shart bo’yicha baholagunga qadar, men o’quvchilarni keyingi shart ya’ni so’ngi shart bilan tanishtirib o’taman.


5 – SHART “KIM TOPQIR” sharti
Bu shartda jamoa a’zolari matematikaning asosi bo’lgan raqamlar , sonlar ishtirok etgan maqollarni topib aytishlari kerak. Qaysi jamoa ko’p maqol aytsa, o’sha jamoa 5-shart g’olibi hisoblanadi. Bu shart uchun alohida bal ajratilmagan, topilgan har bitta maqol uchun bir balldan ball
beriladi. O’quvchilar ya’ni raqib jamoalar a’zolari birima ketinlik bilan sonlar va raqamlar ishtirok etgan maqollarni aytishni boshlaydilar.

MAQOLLAR


  1. Yigit kishiga 70 hunar oz.

  2. 7 o’lchab 1 kes.


  3. Download 69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling