Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)
|
Soat
|
|
Kirish.Optika fanining rivojlanish tarixi. Optika qonunlarini amaliyotga, fan va texnika sohalariga tadbiqi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari ilmiy laboratoriyalarida optika va spektroskopiya sohasi bo‘yicha fan yutuqlari va internet yangilnklari. Fanning Maqsad va vazifalari.
|
2
|
|
Elektromagnit to‘lqinlar. Elektromagnitik to‘lqinlar uchun Maksvel tenglamalar sistemasi. Elektromagnitik to‘lqinlarning umumiy ko‘rinishi va hossalari. Yassi elektromagnitik to‘lqin tenglamasi. Yorug‘lik hodisalarining elektromagnitik tabiati.
|
2
|
|
Yorug‘likning vakuumda va muhitdagi tezligi. Elekgromagnit to‘lqin energiyasi. Umov-Poynting vektori. Elektromagnitik to‘lqin intensivligi. Yorug‘lik bosimi va elektromagnit to‘lqin impulsi.
|
2
|
|
Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishi, sinishi va qaytishi. Elektromagnitik to‘lqinlarning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishi. Yorug‘likning to‘la ichki qaytishi va Bryuster burchagi
|
2
|
|
Ferma prinsipi. Qaytgan va singan nurning intensivliklari.
|
2
|
|
Yorug‘lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. Yorug‘lik dispersiyasining klassik nazariyasi
|
2
|
|
Yorug‘likning yutilishi. Buger-Lambert-Ber qonuni. Yorug‘likning to‘da va fazoviy tezliklari. Reley formulasi.
|
2
|
|
|