Farg‘ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti


Download 1.17 Mb.
bet1/9
Sana28.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1729279
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nigora qo\'chqorova tog\'irlangani9999999999


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI
FIZIKA YO‘NALISHI
20.11-guruh talabasi
Qo'chqorova Nigoraning
Yadro fizikasi va elementar zarrachalari fizikasi fanidan
“Uran yadrosini boyitish usullari va texnikasi Uran yadrosining bo'linishi)” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Topshirdi: Qo'chqorova N
Qabul qildi: Yuldashev.A
Farg‘ona - 2023


Mundarija
Kirish
I BOB ATOM YADROSINING BO`LINISHI...........,.8
1.1 §Atom yadrosining bo‘linishi. Qisqacha ta’rixi............................................8
1.2 § Yadro bo‘linishi va bo‘linish nazariyasini tomchi model asosida bayon qilish........................................................................................................................13
II BOB. URAN YADROSINING BOYITISH USULLARI............................16
2.1 §Neytronlar ta`sirida uran yadrolarining bo‘linishi. Zanjir reaksiyasi............18
2.2 §Issiq va tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar. Breyderlar...........................28
XULOSA................................................................................................................31
Foydalanilgan adabiyotlar:..................................................................................32

KIRISH


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoniga muvofiq 2017-2021-yillarida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlangani, unda barcha ijtimoiy sohalar qatorida ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga alohoda urg’u berilgani sohani yanada rivojlantirish uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Zero, hujjat bandlarini har birida yoshlar manfaatlari, ular uchun amalga oshiriladigan keng ko’lamli ishlar tizimi aks etgan.
Harakatlar strategiyasida ta’lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish eng muhim vazifalardan etib belgilangan. Tabiiyki, bu ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar bilimi va salohiyati, zamonaviy axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi bilan chambarchas bog’liq.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, ya’ni ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida, zamonaviy o’quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o’quv metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. Ta’lim tizimini bog’chadan to oliy ta’lim muassasigacha takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha qator dolzarb maqsad-vazifalar belgilab berilgan.
Harakarlar strategiyasidagi vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasining tarmoq dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dasturda joriy yil viloyatdagi 6 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinishi, 12 ta kapital ta’mirlanib, jihoz va invetarlar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning sifatli bilim olishi, pedagoglar faoliyati uchun qulay sharoiylar yaratish maqsadida 37 ta maktakning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ularning 32 tasi rekonstruksiya qilinadi, 5 tasi kapital ta’mirdan chiqariladi.
Bolalar sportining ommaviyligini ta’mirlash hamda rivojlantirish uchun 14 ta umumta’lim maktabida sport zallari quriladi, 1 ta bolalar va o’smirlar sport maktabi kapital rekonstruksiya qilinadi.
Bundan tashqari umumiy o’rta ta’lim sinflari va guruhlaridagi o’quvchilarning sonini optimallashtirish orqali umumiy ta’lim muasssasalarida o’quv sifatini oshirishga erishiladi.
Shuningdek o’quvchi yoshlarning mafkuraviy imunitetini mustahkamlash, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish, intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish maqsadida an’anaviy kitob bayrami tadbirlari, adabiyot kunlari, maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlarining kitob marafonlari, “Bir farzandga uch kitob” aksiyasi, yangi adabiyotlar taqdimoti, “Eng yaxshi kitobxon o’qunchi, “Kitobxon maktab” tanlovlari o’tkaziladi. Zero, kitobxonlikni targ’ib qilish, yozuvchi va kitobxon o’rtasidagi muloqotni kuchaytirish jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishdek muhim maqsad ro’yobiga xizmat qiladi.
Shuningdek, yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzg’unchi g’oyalar ta’siridan asrash, “Ma’rifiy islom aqidaparaslikni qoralaydi”, “Diniy eksremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazish hamda sportni ommalashtirishga qaratilgan to’garak va tadbirlar tashkil etish bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishi, shubhasiz.
Xulosa o’rnida aytish joizki, zamonaviy ta’lim- tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim asosidir. Zero, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi asosida belgilangan keng ko’lamli chora-tadbirlar hech kimdan kam bo’lmagan navqiron avlodning har tomonlama sog’lom, yuksak ma’naviyatli bo’lib kamol topishi yo’lida dasturiy amaldir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirzayevning ta’lim to’g’risidagi qarorlari:
Ta’lim va o‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagok kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib:
ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy ta’lim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda ko‘maklashsin;
Oliy ta’lim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal texnik sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
Oliy ta’lim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.
Hammamimizga chuqur bir haqiqat ayon bo’lishi kerak – biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro’yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi.
Bugun hechkimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intelektual boyli khukmronlik qiladigan asr.
Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish harqaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davla tjahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuquranglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga ko’tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o’sib kelayotgan farzandlarimizning har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kiribborishini o’zi uchun eng ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddasmaqsad, deb biladi.
Yuqorida aytilgan, keltirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelishimiz mimkin. Demakki, kelajakda ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, yurtimizni jahonham jamiyatidagi mavqeini yanada oshirish va mustahkamlash o’sib kelayotgan yosh avlodni qay darajada ilmiy intellectual salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bizlarga shunday imkoniyatlar yaratilgan ekan biz yaxshio’qib-o’rganishimiz kerak.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling