Farg‘ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti


§ Issiq va tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar. Breyderlar


Download 1.17 Mb.
bet7/9
Sana28.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1729279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nigora qo\'chqorova tog\'irlangani9999999999

2.2§ Issiq va tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar. Breyderlar


Yadro reaktorlari qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi va shunga ko‘ra reaktorlar turli xil bo‘ladilar. Yadroni bo‘luvchi neytronlarning energiyasiga qarab reaktorlar issiq, tez va oraliq energiyaga ega bo‘lgan neytronlarda ishlovchi reaktorlarga ajraladi.
Reaktorlar yonilgining turiga, sekinlashtiruvchi moddasiga (oddiy suv, og‘ir suv, grafit, berilliy, organiq Suyuqliklar va h.k.), aktiv zonaning tuzilishiga (gomogen yoki geterogen), issiqlik uzatgichga (suv, suv bug‘i, organiq suyuqlik, geliy, karbonat angidrid gazi, havo, azot, suyuq metallar va h.k.), bajaradigan vazifasiga (ilmiy tekshirish, energiya olish, izotoplar olish va h.k.), ishlash rejimiga (uzluksiz yoki impulsli) qarab turlicha nomlanadilar.
Issiqlik neytronlarida ishlaydigan reaktorning sxemasi 5-rasmda keltirilgan.

2.3-rasm
Reaktorning asosiy qismi aktiv zonadir (1). Unda zanjir reaksiya yuz berib, energiya ajraladi. Neytronlarning tashqariga chiqib ketishini kamaytirish uchun aktiv zona qaytargich (2) ichiga joylanadi. Aktiv zona neytronlarni sekinlatuvchi bloklardan (3) va ularni ichida joylashgan yo‘qilgi kassetalari TVEL lardan (4) tashkil topgan (TVEL-issiqlik ajratuvchi element). (5) kanallar orqali TVEL dan ajralgan issiqlikni olib ketuvchi gaz yoki suyuqlik (issiqlik elitkich) o‘tkaziladi. Reaksiya intensivligi neytronlarni kuchli yutuvchi moddalardan yasalgan maxsus sterjenlar yordamida boshqariladi. Reaktor ishga tushirilishdan oldin neytronlarni yutuvchi (kadmiy yoki bor karbidi) sterjen (6) aktiv zonaga to‘la kiritilgan holatda bo‘ladi. Bu holda k<1 va zanjir reaksiya bo‘lmaydi. Sterjen aktiv zonadan chiqarila borishi bilan k ortadi va k=1 da reaktor stasionar rejimda ishlay boshlaydi. Reaktorning halokatini oldini olish maqsadida qo‘shimcha sterjen doim tayyor turadi. Neytronlar soni keragidan ortib ketishi bilan bu sterjen avtomatik ravishda aktiv zonaga kiritiladi va halokat oldi olinadi. Reaktorda hosil bo‘lgan radioaktiv nurlanishlardan saqlanish uchun u neytron va gamma-nurlarni yutuvchi radiatsion xavfsizlikni ta’minlaydigan massiv jism bilan (7) o‘raladi.
Tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar alohida xususiyatga ega.
1) Yo‘qilg‘ini yuqori aniqlikkacha tozalash talab etilmaydi. Aralashmalarda tez neytronlar kam yutiladi.
2) Yo‘qilg‘i kuchli konsentrlangan, ya’ni uran bilan boyitilgan bo‘lishi kerak.
3) Tez neytronlarning effektiv kesimi kichik bo‘lgani uchun yo‘qilg‘ini issiq neytronli reaktorlardagidan ko‘proq olish talab etiladi.
4) Bu reaktorlar uchun sekinlatgich talab etilmaydi. Aktiv zonaning o‘lchami juda kichik, energiya ajralish zichligi yuqori 0,5 kVt/sm3 gacha yetadi.
5) Issiqlikni olib ketuvchi modda neytronlarni sekinlatmasligi kerak. Shu maqsadda suyuq natriy foydalaniladi.
6) Tez neytronlar moddalarda yutilish ehtimoliyati kichik bo‘lgani uchun reaktorni boshqarishda yutuvchi sterjenlardan foydalanib bo‘lmaydi. Tez neytronli reaktorlarni boshqarish aktiv zona va neytronlar qaytargich oralarini yaqinlashtirish, uzoqlashtirish bilan olib boriladi. Tez neytronli reaktorlarni boshqarish murakkab. Lekin shunga qaramay ulardan kelajakda keng foydalanish mumkin. Chunki sekin neytronli reaktorlar uchun zarur bulgan 238U va 232Th element yadrolari tomonidan radiasion yutilish natijasida yadroviy yo‘qilg‘i sifatida ishlatish mumkin bulgan yangi 239Pu va 235U izotoplari hosil bo‘ladi. Bunday reaktorlarga kupaytiruvchi reaktorlar yoki briderlar deyiladi. Chunki sekin neytronli reaktorlar uchun zarur bulgan 238U va 232Th element yadrolari tomonidan radiasion yutilish natijasida yadroviy yo‘qilg‘i sifatida ishlatish mumkin bulgan yangi 239Pu va 235U izotoplari hosil bo‘ladi. Bunday reaktorlarga kupaytiruvchi reaktorlar yoki briderlar deyiladi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling