Farg‘ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti


Kurs ishining dolzarbligi


Download 1.17 Mb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1729279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nigora qo\'chqorova tog\'irlangani9999999999

Kurs ishining dolzarbligi: Atom va elementar zarralar fizikasi tabiatdagi hodisa va voqealarni hamda ularning qonuniyatlarini o ‘rgatuvchi fandir. Inson ham tabiatning bir bo‘lagi qatori, u bilan bevosita bog'lanishdadir. Tabiatdagi hodisalaming sirini bilish, ularning qonuniyatlarini aniqlash, asosan insonning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi. Bunday bo‘lmasa, fizika va astronomiyaning yutuqlaridan foydalanib, tabiatni tubdan o‘zgartirib yuborish mumkin edi. Kishilar organizmiga o‘tgan radioaktiv izotoplarning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy miqdoridan ortib ketishi kishilarning ortiqcha nurlanish olishiga olib keladi. Ortiqcha nurlanish esa sog‘lom hujayralar atomlarini ionlashtirib, hujayralarni yemiradi, qon tarkibini o‘zgartiradi, hayot uchun xavfli bo‘lgan turli patalogik jarayonlar (saraton, nasl kasalligi, bepushtlik, teri, qon kasalliklari) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham atrof-muhit namunalarining tarkibidagi radionuklidlar miqdorini, o‘zgarishini, migratsiyasini nazorat qilish, radionuklidlarning to‘planishini kamaytirish chora-tadbirlarini izlash kishilarning radiatsion xavfsizligini ta’minlashda fizika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ionizatsion nurlanishlarning dozasini o’lchovch asboblar – dozimetrlar , ularning turlari va ishlash prinsiplari kabi masalalar kurs ishi uchun dolzarb masaladir.
Kurs ishining maqsadi: Atom va elementar zarralar fizikasi fanini umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish metodlarini, bu fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga erishishning eng samarali va optimal yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Fizika va astronomiya fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan interfaol metodlardan foydalanish haqida tushunchalarga ega bo’lish va fizika darslarini o’qitish xususiyatlari bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari:
Yadro fizikasi fanini o’qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, fan yuzasidan elektron o’quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o’qitishni takomillashtirish bo’yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling