Farg‘ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti
Download 1.17 Mb.
|
nigora qo\'chqorova tog\'irlangani9999999999
2.1-rasm. Uranning bo‘linishida hosil bo‘lgan yadrolarning massa bo‘yicha taqsimlanishi.
Bo‘linishda kechikuvchi neytronlar ham vujudga keladi. Kechikuvchi neytronlar mahsul yadroning asosiy holatiga bo‘lakchaning beta-yemirilishi qat’iy taqiqlangan va u neytronning ajralishi mumkin bo‘lgan energiyali o‘yg‘ongan holatda bo‘lgan hol bo‘lishi mumkin. Bu yadro barqaror holatga energiyasini neytronlardan biriga berish va uni chiqarish bilan o‘tadi, shu bilan birga bu jarayon oniy bo‘ladi. Kechikish vaqti esa, oldin o‘tgan beta-yemirilishga ketadi. Misol: . Neytron bo‘linish vaqtidan ~56 s so‘ng chiqadi 2.2-rasm. Brom-87, Kripton-87, Rubidiy-87 yadrolarining yemirilish sxemalari. Kechikuvchi neytronlar neytronlar umumiy sonining taxminan 0,75% ini tashkil etadi, lekin ularning mavjudligi boshqariluvchi yadroviy bo‘linish jarayonini amalga oshirish uchun muhim. Kechikkan neytronlarning paydo bo‘lish vaqti bo‘lakcha yarim yemirilish davriga bog‘liq. Kechikuvchi neytronlar yadro bilan kuchsiz bog‘langan bo‘ladi. yadrosida neytronlar soni 50+1, da esa neytronlar 83=82+1, ya’ni bu yadrolardagi neytronlar soni yopiq neytron qobiqlardagi neytronlar sonidan bitta ortiq. Bu so‘nggi bitta neytron yopiq qobiq tashqarisida bo‘lganidan yadro bilan kuchsiz bog‘langan, shuning uchun o‘yg‘ongan yadro uni o‘zidan yengillik bilan chiqarib yuboradi. Bo‘linuvchi yadrolarda neytronlarni to‘la yutish kesimi n bo‘linish kesimi va radiatsion tutib qolish kesimlaridan iborat: (2.2) bu yerda =/f. Boshqacha qilib aytganda, yadrolar bo‘linishini yutilgan neytronlarning faqat 1/1+ qismigina yuzaga keltiradi. Demak, bo‘linuvchi yadroda bir neytronning yutib kolinishiga to‘g‘ri keladigan bo‘linish neytronlarining o‘rtacha soni (2.3) bu yerda v-har bir bo‘linishga to‘g‘ri keluvchi bo‘linish neytronlarining o‘rtacha soni. Tajribalarning ko‘rsatishicha, issiq va tez neytronlar ta’sirida bo‘linuvchi hamma izotoplar uchun >2, ammo oraliq neytronlar uchun u 1,5 gacha kamayadi. Shuning uchun og‘ir yadrolarni issiq yoki tez neytronlar ta’sirida bo‘lingani ma’qul. Bo‘linuvchi izotoplarning issiq neytronlar ta’sirida bo‘linish kesimi tez neytronlardagi bo‘linish kesimiga nisbatan yuz martacha ortik. Shu sababdan, odatda, tez neytronlarni mahsus sekinlatuvchilar yordamida issiq neytronlarga aylantirilib, keyin ular yordamida bo‘linuvchi izotoplarga ta’sir etiladi. Issiq neytronlar bilan zanjir reaksiyalarni tarkibida bo‘linuvchi izotoplar va sekinlashtiruvchi moddalar bulgan kupaytiruvchi sistemalarda (atom reaktorlarida) amalga oshiriladi. Bo‘linuvchi uran izotopi va sekinlashtiruvchi cheksiz sistemada neytronlarning ko‘payishi. Birinchi avlod neytronlarining zichligi n1 bo‘lsa, u xolda ikkinchi avlod neytronlarining zichligi n2=fn1 bo‘ladi. Bu yerda f-issiq neytronlarning ishlatilish koeffitsiyenti bo‘lib, u issiq neytronlarning kancha qismi uranga yutilishini ko‘rsatadi. Neytronlarning ma’lum bir qismi sekinlashtiruvchi materialda yutilganligi tufayli f har doim birdan kichik bo‘ladi. fn1 ta neytronlarning har biri o‘rtacha bo‘linish neytronlarini hosil qilganligidan, tez neytronlarning umumiy miqdori fn1 ga teng bo‘ladi. Bu neytronlar 238U ning yadrolari bilan to‘qnashib, bo‘linishni vujudga keltiradi. Natijada tez neytronlarning zichligi fn1 ga qadar ortadi (-tez neytronlardagi ko‘payish koeffitsiyenti). Sekinlantuvchi neytronlarning bir qismi sekinlashtiruvchi moddada 238U yadrosida rezonans ravishda radiasion kamrab kolinishini hisobga olsak, keyingi avlod issiq neytronlarining zichligi tez neytronlar zichligidan kichik bo‘ladi. (2.4) bu yerda -koeffisiyent tez neytronlarning kancha qismi issiqlik energiyasiga qadar sekinlashganini ko‘rsatadi: cheksiz muhitda issiq neytronlarning ko‘payish koeffisiyenti issiq neytronlar n1 va n2 zichliklarining nisbati kabi aniqlanadi. (2.5) Agar k<1 bo‘lsa, neytronlar zichligi avloddan-avlodga kamaya boradi, reaksiya sunadi. k=1 da zanjir reaksiya o‘z-o‘zini neytronlar bilan ta’minlab turadi. k>1 da reaksiya rivojlanadi. 1> Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling