Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Germaniya – Polsha urushi


Download 0.59 Mb.
bet39/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

3. Germaniya – Polsha urushi.
Fashist Germaniyasi Polshaga xujumiga qadar Vermaxt Qurolli Kuchlariga yalpi safarbarlik tugatilib yangi jangovar texnika va qurol-aslaxa bilan ta’minlanib bo’linadi. Germaniya quruqlik qo’shinlari 102 diviziya bo’lib ulardan 7 tank, 4 motorlashgan, 4 engil piyoda qo’shinlari tashkil etgan. Piyoda qo’shinlar diviziyasi: 3 ta pexota artilleriya polki, qism va ta’minot xizmatidan iborat bo’lgan. Tank diviziyasi: o’ziga tank motoo’qchi brigadasi artilleriya polki va divizion qismi, (ta’minot qismidan tashkil topgan) xizmat ko’rsatish qismlari kirgan (hammasi 324 tank). Motorlashgan diviziya: uch motoo’qchi va artilleriya polki divizion qismi va ta’minot qismidan tashkil topgan.
1939 yil Germaniyada 3195 tank, 26 mingdan ortiq to’p va minaotar bo’lgan. Harbiy xavo kuchlari 4 xavo floti bo’lib ular tarkibida eskadr va aviadiviziya bo’lib avia guruxlarni o’z ichiga oladi. Harbiy xavo kuchlarida 4013 samolyotga ega bo’lgan. Harbiy dengiz kuchlari 104 jangovar kema, 13 linkoln va kreyser, 37 esmets va mina tashuvchi, 57 suv osti kemasi mavjud edi.
Germaniya qurolli kuchlarini umumiy soni 4 mlndan oshiq bo’lgan, urushni boshlanishigacha fashist armiyasi dunyoda eng rivojlangan va kuchli armiya hisoblangan, shaxsiy tarkib esa, millatchilik g’oyalari ostida tarbiyalanadi.
Polsha qo’mondonligi 1939 yilni sentyabr oyigacha 24 piyoda diviziyasi, 8 kavaleriya zirxli motorlashgan, 3 o’qchi brigadasi, 56 ta mudofaa batalg’oni mavjud bo’lib, urushni boshlangan kunlarigacha davom etdi.
Polsha xujumni urushni boshlanishida agressorlarga qarshi 31 piyoda diviziyasi, 11 ta kavaleriya, 3 ta tog’ o’qchi batalg’on, 2 ta zirxli motorlashgan brigada, 80 ta milliy mudofaa batalg’oni bo’lib, 870 ta tank va 4300 ta to’p va mina otish uskunalari bilan jang olib borgan. Aviatsiya 6 ta avia polk, 2 ta xavo uchish batalg’on bo’linmasi hammasi bo’lib, 407 ta jangovar samolyot mavjud edi. Harbiy dengiz floti 11 ta kema va 5 ta suv osti kemasi bo’lib, o’zidan kuchli bo’lgan dushman bilan jang qilishga tayyor emas edi.
Shunday qilib Polosha armiyasi fashist Germaniyasi armiyasidan harbiy texnika va son jixatdan kam darajada bo’lgan Fashist Germaniyasining Polshaga xujum qilishi rejasida «Chaqmoq tezligidagi urush» idealogiyasi bilan bog’langan edi. Bu reja bo’yicha Polyak armiyasida ikki yo’nalishda zarba berib tor-mor etish ko’zda tutilgan edi. Bunga ko’ra asosiy zarbani janubiy gurux armiyasi 8, 10, 14 armiya (hammasi bo’lib 33 ta diviziya, 4 ta tank, 4 ta engil va 2 ta motorlashgan). Ularni 4 – xavo floti qo’llab turgan. Ikkinchi zarbani shimoldan Sharqiy Pomeran va Sharqiy Prussiya tarkibida 21 ta diviziya: 2 ta tank va 2 ta motorlashgan. Armiyani 1-floti jangni ta’minlagan.
Nemis fashist qo’mondonligi tezkor safarbarlik uyushtirib, Polsha chegarasiga yaqinlashib xujum qilish uchun 1,6 mln kishi (62 diviziya, ulardan 7tasi tank, 4 tasi engil piyoda qo’shinlari) 2800 tank, 6000 ta to’p va minaotar, 2000 jangovar samolyotlarni jangovar xolatga keltirdi.
Polsha qumondonligini harbiy rejasi bo’yicha mudofaa tizimini mustaxkamlab muxim hududlarni saqlab qolib, qarama-qarshi zarba berib, shu bilan birga vaqtdan yutib, g’arbdagi Angliya va Frantsuz armiyasidan madad kuchlariga ishongan edi. Keyinchalik esa jang harakatlariga qarab xaddi-harakat qilishni rejalashtirgan edi. Reja bo’yicha 6 ta armiyani Germaniya va Slovakiya chegara xududiga tezkor guruh qalqon sifatida joylashtirildi. Zahirada 1- ta armiya va bir necha tezkor qism guruhlariga bo’linadi.
Jangvar harakatlar 1 sentyabr 1939 yilda boshlanib, nemis armiyasi Polshani eng muhim ob’ektlari,
- aerodrom
- temir yo’l
- aloqa tizimi
- muxim ob’ektlarni o’qqa tutdi.
Quruqlik qo’shinlari xujumga o’tib Shimol G’arb va Janub yo’nalishi bo’yicha Polsha qo’shinlar mudofaasini yorib o’tdi.
«Janub» armiyasini xujumini birinchi kuniyoq mudofaani yorib o’tishda tank dviziyalari muvaffiqiyatga erishib, xujumni davom etirdi. Polyak qo’shinlari bo’linib, aloqa va boshqaruv tizimi izdan chiqdi.
Nemis aviatsiyasini to’xtovsiz zarbalari natijasida Polyak qo’shinlari mudofaani tashkillash qiyin kechdi. Fashst qo’shinlari 8 sentyabr kuni Varshavaga Yaqinlashdi. Lekin Polyak Vatanparvarlari dushmanga zarba berib uloqtirib tashladi. Nemis fashst qumondonligi a’voli to’g’ri baholab «Shimol» armiya guruhini Brest yo’nalishiga qaratdi.
«Janub» armiya guruhi polyak qo’shinlarini Nutno Lovii xuddida sindirib Polshani Sharqiy va Janubiy Sharqiy yo’nalish bo’yicha xujumni rivojlantirdi. 16 sentyabr kuni nemis motorlashgan korupsi Vlodaya xududiga bostirib kirib, Polyak qo’shinlarini qamal qildi. Shu kuni Polsha xukumati Ruminiyaga qochib o’z xalqini va davlatini hayotini garovga qo’ydi. Lekin polk Vatanparvarlik qarshilik ko’rsatishini davom ettirdilar, Varshava mudofaasi 28 sentyabrgacha davom etdi.
Urushda Polsha davlatini siyosat va iqtisodiy qalqonligida shu bilan barcha mag’lubiyatni asosiy sababini ittifoqchi Angliya va Frantsiya reaktsion doiralari bo’lib chiqdi.
Angliya va Frantsiyani sotqinlik siyosati Polshani mag’lubiyatlan so’ng urush harakatlari Sovet Ittifoqiga qaratiladi deb o’ylagan edi. Polyak qumondonligi Gitler armiyasini to’g’ri baholay olmadi. Asosan tank va aviatsiya imkoniyatlarini shu bilan birga qo’mondonlik bir qator jiddiy xatolarga yo’l qo’ydi. Mudofaa chizig’ini Narov, Visla, San daryolariga o’tish o’rniga, ya’ni o’z qo’shinlarini chegara xududiga joylashtirdi. Urush fashist Germaniyasi uchun g’alaba bilan tugasada, ikki tomondan kamchiliklar bo’ldi.
Unda Vermaxt armiyasi g’arbiy Visla qurshab olinadi, xujum davrida qarshiliklarga to’g’ri baho berilmadi, shu bilan birga, fashist aviatsiyasi Polsha ichidagi yalpi safarbarlikni to’xtata olmadi. Gitler qumondonligi urush davomida aviatsiyaga ortiqcha baho berib yubordi. Shunga qaramay «blitskrit» (chaqmoq tezligidagi) xarbiy kompaniyaga asos bo’lib qoldi.


  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling