Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’zbekiton xalqining milliy tafakkur tarzi-terrorizmga


Download 0.59 Mb.
bet54/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

3. O’zbekiton xalqining milliy tafakkur tarzi-terrorizmga
qarshi omil sifatida.
O’qituvchi mustaqillikni amalga oshirish va mustaxkamlashda xalqimizning milliy tafakkur tarzi va diniy qadriyatlarimizni tiklashning va milliy o’zlikni anglashning o’rnini ochib berishga aloxida e’tibor berish kerak. Chunki, odamlar ongida mustaqillikni saqlab qolish, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish, xalqning milliy ruxini uyg’otish va tiklash jamiyat barqaror rivojlanishining muxim sharti va kafolati ekanligini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.
Terrorchilik degan illat tag-tomiri bilan sug’urib tashlanmas ekan, bu achchiq qismat jaxondagi ‘ir bir inson yoki xalqning boshiga tushishi mumkinligi ayon bo’lib qoldi. shuning uchun ham jaxonning ko’plab davlatlari terrorchilarni batamom jismoniy yo’q qilib tashlash tarafdori bo’lib chiqdi. Inson ongini zaxarlashga qaratilgan ekstremistik va terroristik g’oyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi, bir vosita mavjud. Uning nomi insonparvarlik, tinchlikparvar, ma’rifatparvar va bunyodkor milliy- diniy qadriyatlarimiz ekanligini xalqimizga aloxida singdirishimiz kerak. Hammamizga ma’lumki, sobiq ittifoq davrida milliy, diniy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish siyosati olib borildi. Biz endi mustaqil davlat sifatida deyarli unitilayozgan o’tmishimizni butun borliq muxabbati va buyukligi bilan ko’z oldimizda keltirmoqdamiz. Mustaqillik sharofati bilan xalqimizda o’zligini anglash va milliy o’yg’onish ‘issiyotidan g’arzli maqsadlarda foydalanishga harakat qilgan kimsalar Islom arkonlarini to’la anglamayotgan sodda yoshlarimizni ekstremistik g’oyalarga kirishiga harakat qilishga urinishlar bo’lib o’tdi. talaba-yoshlarimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi (8.06.2000 y.) muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo’shliqga yo’l qo’yib bo’lmasligi, hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy xolatlar yovuz kishilar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’layotganligida, deb ta’kidlashni ma’nosini bilib olishlari zarur.
Yurtboshimizning kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo’limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo’lini to’smoqchi bo’lsa, avvalo, xali suyagi qotmagan mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning ma’naviyatni buzadi, ularni azaliy tabiatimiz va muqqadas odatlarimizga mutloqo zid bo’lgan g’oyalar bilan tanishib, o’zlarining g’arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo’lida qurol ko’tarishga urinadi deb uqtirib kelishini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.
Yoshlarimiz ongini zaxarlashga qaratilgan keskin biryoqlama, radikal qarashlarning ananalarimizga mutloqo yot bo’lgan ekstremistik va terroristik g’oyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi yana bir qudratli vosita - bu xalq qadriyatlarini tiklash va milliy o’zlikni anglash xissini uyg’otish ekanligini Prezidentimiz uqtirib o’tganligi bejiz emas. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashdan ma’naviy sarchashmalarimizga uning ildizlariga qaytshdan iborat tabiiy jarayon deb xisoblaymiz. Xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviy manba bo’lib xizmat qilgan. Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, ushbu qadriyatlar kishilar, xususan yoshlarimizni o’z Vataniga sadoqat ruxida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarimizning ongini yot g’oyalar kirib kelishiga qarshi qudratli vosita sifatida bunyodkor, milliy, diniy qadriyatlarimizdir.
Ma’lumki o’lkamizda Islom dini tarqalgunga qadar (VII asr oxiri VIII asr) ajdodlarimiz e’tiqod qilgan zardushtiylik dinining muqaddas «Avesto» kitobi bo’lgan. Bu kitob Islom dini paydo bo’lgunga qadar ajdodlarimiz jahonda birinchi bo’lib yaratganning yakkaligi va xaqligiga imon keltirgan xalq ekanligini bildiradi. Biz e’tiqodga erishgunga qadar ajdodlarimiz uzoq o’tmishdan boshlab ma’naviy izlanish, o’zligini tanish yo’lida bosib o’tgan tafakkur bosqichlariga erishib, uning mevasi sifatidagi xaq yo’lini topganlarini o’quvchi yoshlar xis qilishi lozim.
O’quvchi-talabalar ongiga insonni ezgu o’y, ezgu so’z chaqiruvchi noyob muqaddas kitob bizning zaminimizda qadimgi Turon zaminida yaratilganligi va bu bilan faxrlanish hissini uyg’otishimiz kerak bo’ladi. Chunki «Avesto» - qadimgi tarix, din, etnografiya, tarixiy geografiya, axloqiy-falsafiy qarashlar, iloxiyat va boshqaruv ko’plab soxalar uchun qiziqarli ma’lumotlar beruvchi ilk yozma yodgorlikdir. Gap shundaki, zardushtiylik dini Islom dinidan bir yarim ming yillar avval Xudoning yagonaligini tan olgan buyuk din ekanini, Islom dini esa bu xaqiqatni yanada yuksak mutlaq maqsadga ko’targani xalqimizda faxr Vatanga bo’lgan munosabatni uyg’otishi shubxasizdir.
Chunki, xar xil sanamlarga sig’inuvchi qabilaviy, dinlar, ya’ni ko’p xudolik kishilar o’rtasida g’araz, fisqu-fasod, qabilaviy dinlar o’rtasida g’oyaviy qarama-qarshiliklarning tug’ilishiga olib kelgan.
Qabilalarni birlashtirish, ularni bir dinga e’tiqod qilishiga o’rgatish esa ular o’rtasida do’stlik, birodarlk hislarini vujudga keltirgan. Er, suv, xavo, olov muqaddas sanalgan bu din kishilar o’rtasida ezgulik urug’ini sochganligi uchun ham ulug’ dinga aylangan.
Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dini O’rta Osiyoga VIII asr boshlarida kirib kelgan bo’lsa, ko’chmanchi arab qabilalaridan madaniy jixatdan ustun bo’lgan Movaraunnaxr aholisi Islomni qabul qilish bilan birga kundalik turmush tarzida o’zlari e’tiqod qilgan zardushtiylik dini an’analaridan butunlay voz kecha olmadilar.
Yangilikka intiluvchi ma’rifatparvar xalqimiz Islom dini asoslarini tezda qabul qilib, uni boyitdilar. Yurtimizda Islom bilimining buyuk olimlari etishib chiqdiki, bu allomalar jaxon tsivilizatsiyasiga ulkan xissa qo’shganlgini Hozirgi kunda butun jahon tan olmoqda. Shuning uchun ham milliy diny qadriyatlarimiz xalqimizni ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muxabbat, ajdodlarga hurmat va sadoqat, zo’ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalash, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da’vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch qudrat manbaidir. Ular nafaqat mafkuraviy bo’shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri xalol mexnat va olamshumul kashfiyotlari ila jaxon tsivilizatsiyasiga salmoqli xissa qo’shib kelayotgan xalqimizning mentalitetiga tamomila zid terrorchilik g’oyalarining kirib kelishiga qashi mustaxkam qalqondir.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling