Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
2. Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani.
2001 yilning 11 sentyabrida mazkur ma’shum voqealar amalga oshirilgandan so’ng, ommaviy axborot vositalari orqali oddiy kishilarning suxbatlarida terrorizm xaqida ko’p gapira boshlandi. Terrorizm so’zi, xalqaro terrorizm tushunchasi kecha yoki undan paydo bo’lmagan bo’lsa ham uning taxdidi ayniqsa, Evropa uchun endi-endi, tushunila boshlandi. Bu borada siyosatchilar, siyosatshunos olimlar, iqtisodchilar ham so’z yurita boshladilar. Demak, biz barcha uchun katta taqdid solayotgan terrorizm, insoniyatning dushmani xaqida, uning yovuz niyatlari va kerak bo’lsa basharasini Yaqindan bilishimiz lozim. Shunda u bilan kurashi, terrorizm oqibatlarini muxokama qilib o’tirmasdan uning oldini olish real bo’ladi. Bizning tushunchamizdagi terrorizm Evropa XVIII asrda siyosiy saxnaga chiqqan bo’lsa Islom dunyosida dastlab VII asrning 2-yarmida, diniy, mafkuraviy jixatdan 3 ta asosiy yo’nalish- xorijiylik, sunniylik, shiyalik paydo bo’lishidan boshlandi desak xato bo’lmaydi. Chunki, Islom dunyosida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan oqimlarning paydo bo’lishi, keyinchalik turli xil g’oya va mafkuralarning vujudga kelishiga olib keldi. Shu jumladan, terrorizm ildizlari ham qadim davrga borib taqaladi. Keyinchalik XVIII-XIX asrda axmadiya oqimlari vujudga kelgan. Hozirda biz bilgan Islom bilan bog’liq barcha oqimlar va firqalar dinda amal qilayotgan, rasman joriy mazxablarning jumladan, sunniylikning ham asosiy g’oyalariga zid qarashlarni olg’a surmoqdalar. Talaba yoshlar hozirgi kunda biz uchun katta tashvishga sabab bo’layotgan vaxobiylar oqimi XVII va XX asrda tashkil etilgan «Xizbut-Taxrir al-Islomiy» firqasi to’g’risida aniq tassavurga ega bo’lishi lozim. Bu oqim va firqa tarafdorlari zamon talablarini pisand etmasdan, ko’r-ko’rona o’z maslaklariga etishib olgan holda qilayotgan ishlar targ’iboti, dinimiz, uning butunligiga, birligiga, musulmonlarning ezgu ishlariga, tinch-totuv yashashlariga raxna solmoqda. Islom ekstrimizmi va aqidaparastlikdan jaxon tinchligi barqarorlik va taraqqiyotiga salbiy ta’siri xaqida so’z yuritar ekanmiz, nafaqat uning Islom dini ichidagi sabablariga balki, uni keltirib chiqaradigan, rag’batlantiradigan jixatlarga ham murojat qilsak. Ulardan birinchisi ilgari mustamlakachilikning ananaviy bosqinchilik usullari bo’lgan bo’lsa, hozir yangi mustamlakachilik va buyuk davlatchilik shovinizmidir. Masalan: Xemper ismli ingliz josusi Shayx-Maxmud nomi bilan ish yuritib, dastlab 1730 yili vaxxobiylar oqimi asoschisi Abdulvaxob bilan uchrashgan. Keyinchalik u o’z kundaliklarida bunday deb yozgan: «Biz vaxxobiylik deb atalgan dinni yaratdik. Najd shaharchasi uning markazi bo’lib qoldi. Buyuk Britaniyaning mustamlaka ishlari vazirligi, faoliyatimizni ma’qullab, turli yordam ko’rsatib, kerakli anjomlar bilan ta’minlab turdi…». Demak, sun’iy ravishda vaxxobiylik oqimini yaratib, musulmonlarni chin dindan qaytarish o’sha davrda aynan Buyuk Britaniya mustamlakachilariga kerak bo’lganligi ayon bo’ldi. Ikkinchi sabab esa xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo’ravonlik, musulmon davlatlarining G’arb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati «parchalab tashla va xukumronlik qil» degan ko’p sinalgan siyosatni davom ettirishdan iboratdir. O’quvchi yoshlar qadimiyat va O’rta asrlarda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilg’or fikrlarga qarshi terror harakatlari amalga oshirilganligi, zardo’shtiylik muqaddas kitobi «Avesto» ning yo’q qilinishi olimlarning osilishi uzuatlar, «Iso itlari», Jordano Bruno va xakozolar misolini o’rganish. O’quvchi-yoshlarimiz terrorizmga qarshi kurash ayniqsa, bizning mamlakatimiz O’zbekiston uchun juda zarur ekanligini anglab etish lozim. Chunki, mustaqilligimiz qo’lga kiritilgan vaqtdan boshlab eng katta xavf bu yon qo’shnilarimiz bo’lgan Afg’oniston va Tojikistonda ro’y bergan qonli voqealar ta’siri bizga ham o’tmaydi degan kafolatning yo’qligida edi. Shuning uchun ham aksilterror operatsiyasida ishtiroki xususida O’zbekiston o’z pozitsiyasini aniq bayon qilib berdi. Bunda O’zbekiston Afg’onistondagi terrorizmni, uning bazalarin tag-tomiri bilan yo’qotish, bu xavf-xatarni mintaqada yo’q qilish harakatini qo’llab-quvvatlaydi. Biz koalitsiyada emasmiz, koalitsiya deganda talaba yoshlar - xalqaro terrorizmga qarshi kurashuvi, harbiy xujumlarni aviatsiya va piyod qo’shinlarni harakatga keltirishga tayyor bo’lgan AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa davlatlarni tushunish kerak. Jaxondagi yuzdan ortiq davlatlar terrorizmga barxam berish borasida boshlagan harakatni qo’llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Biz xalqaro xamjamiyatni qo’llab-quvvatlaymiz. O’zbekiston Afg’onistonga yaqin qo’shni sifatida bu o’lkad tinchlik xotirjamlik, bunyodkorlik va baxtli hayot bo’lishining eng birinchi tarafdoridir. O’zbekiston Prezdenti I.A.Karimov o’z bayonotida O’zbekiston xukumati gumanitar masalalarda yaqindan yordam berishini ta’kidladi va bu bilan o’zimizning insonparvarlik niyatlarning samimiy ekanini bildirdi. Bayonotdagi gaplarni amaliyotga joriy etish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol misoli yaqindagina Termizdagi Xayraton ko’prigining shu maqsadlarda qaytadan ochilishidir. O’zbekiston ramziy qilib aytganda Afg’onistonga insonparvarlik yordami ko’prigini barpo etdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling