Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Terrorizmga qarshi jaxon birlashish harakatini muvofiqlashtirish uchun kurash va uning samaralari


Download 0.59 Mb.
bet52/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Terrorizmga qarshi jaxon birlashish harakatini muvofiqlashtirish uchun kurash va uning samaralari.

11-sentyabrda Vashington va Nqyu-Yorkdagi, daxshatli voqealar, terroristik tajovuzlardan so’ng dunyo miqyosidagi global bo’lib turgan masalalar, terrorizmning daxshatli basharasi namoyon bo’lgandan keyin, insoniyatni kelgusi taraqqiyoti uchun avvalo terrorizm balosidan qutilish birinchi darajadagi engishi lozim bo’lgan muammo ekanini ko’rsatadi.
Bugun xalqaro siyosiy sa’nada davlatlararo uchrashuvlar va turli sammitlarda bu balo-qazoga faqat birgalikda kurashish va harakatlarni muvofiqlashtirish orqaligina erishish mumkin ekanligi xaqida ko’p gapirishmoqda va kech bo’lsa ham yakuniy xulosa sifatida qabul qilinmoqda. Bir necha yil davomida terrorizmga qarshi kurashish, Afg’onistondagi murakkab vaziyat xususida O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov xalqaro jamiyatga tinmay murojat qilib kelgan edi. Chunki, sobiq SSSR parchalanish natijasida siyosiy kuchlarning jahoniy qarama-qarshiligi barham topgan bo’lsada dunyoda tinchlik, barqarorlik xali mo’rt, murakkab va muammoli bo’lib qolaveradi. XXI asr bo’sag’asida dunyoda uning geografik, siyosiy tuzilishida tub o’zgarishlar yuz berish munosabatida endilikda mamlakat xavfsizligi eng dolzarb masalaga aylanganligini o’quvchi yoshlar bilib olishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov - «Bundan buyon ham tashvishli xodisalar bizni chetlab o’z yo’lidi rivojlanaveradi, barqarorlik o’z-o’ziga saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi esa o’z-o’zidan ta’minlangan deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqaroviy kaltabinlikdan boshqa narsa emas deb hisoblaymiz» -deya o’rinli ta’kidlaydi.
11 sentyabrdagi qonli terrorchilikdan keyin AQSh xalqaro xamjamiyatga murojat qilib, xar bir mamlakatdan terrorga munosabatini belgilashni va uni e’lon qilishni so’radi. Ushbu masalada «Siz yo biz bilan, yo biz bilan emassiz» degan qat’iy fikr ‘atto ulg’timativ tarzda qo’yildi. Amerika Qo’shma Shtatlarining bu chaqirishni yuzdan ortiq mamlakatlar qo’llab – quvvatlab chiqdilar. Mazkur masalaning mo’iyatini ochib berish uchun yuqorida qayd etganimizdek, davlatimiz raxbari I.Karimovning Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999 yilda bo’lib o’tgan Istambul Sammitida qilgan ma’ruzalarida Xalqaro terrorizmga qarshi kurashuvchi yagona markaz tuzish lozimligi to’g’risidagi taklifni, shuningdek, BMT ning 2000 yilda bo’lib o’tgan «Ming yillik sammiti» da qilgan ma’ruzalarida mazkur masala yuzasidan O’rtaga tashlangan takliflari moxiyatini o’qituvchi talaba yoshlarga tushuntirib berishi lozim.
11 sentyabrning fojiasidan so’ng O’zbekiston raxbari dunyodagi qator yirik va rivojlangan mamlkatlar Prezidentlari bilan telefon orqali muloqotda bo’ldi, I.Karimovning AQSh Prezidenti Jorj Bush, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Toni Bleer, Ukraina Preztdenti Leonid Kuchma va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o’tkazgan muloqotlari. Vladimir Rushaylo, Donald Ramsfedning Toshkentga tashriflarining bosh mazmuni, asosiy negzi nima bilan bog’liq? Bu davlatlarning O’zbekistonga bo’lgan bunday qiziqishi nima bilan bog’liq?
Bularning hammasi bugun barcha siyosatchilarni birlashtirmoqda. Birinchidan - bu terrorchilikning butun jahon a’liga katta tashvish va xavotir uyg’otayotgani va ikkinchidan - bu muammolarning echimini topishda o’zaro kelishib, harakatlarni muvofiqlashtirish hamkorlikda ish olib borish zaruriyatidir. Qolaversa, halqaro terrorizmga qarshi kurash bir yoki bir qancha mamlakat ishi emasligini o’quvchi xis qilishi lozimdir. Tabiiyki, bu masalalar echimida Afg’onistonga qo’shni bo’lgan O’zbekistonning fikri, sa’y-harakatlari o’rin tutadi. Ilgari ham «6Q2» guruhiga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi, Afg’on mojarosini tinch yo’l bilan hal etishni asosiy tamoyillarini belgilab bergan edi. Biroq, bu tashabbuslar boshqa ba’zi bir davlatlarning geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari, olib borilgan ikki xil standartlar siyosati oqibati etarli natija bera olmaganini aytib o’tish lozim. Butun jahon hamjamiyati xalqaro terrorizm bilan kurashayotgan bugungi ma’suliyatli bir paytda, ba’zi siyosiy kuchlar uchun bu kurashni oxiriga etkazishni chetda qolib, Markaziy Osiyo davlatlari eng avvalo, Afg’oniston kimning ta’siri ostida qolishi muhimroq bo’lib qolmoqda.
11 sentyabr mudxish voqealariga qadar jahon hamjamiyati tomonidan terrorizm va ekstremizm xavfi xaqida ko’p gapirilsa ham u bilan kurashish uchun amaliy va qat’iy choralar ko’rilmagan edi. Endilikda jahondagi taraqqiyparvar davlatlarning yovuzlikka qarshi birlashgani eng muxim faktorga aylandi. Xususan, Italiya harbiy kuchlari va harbiy harakatlariga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. ‘atto, o’z betaraflik siyosati bilan yaxshi tanilgan Shveytsariya xukumati ham terrorizm bilan kurashishda Yaqindan yordam berish maqsadida insonparvarlik yuklari ortilgan samolyotlar uchun o’z xavo xududi ochiqligini ma’lum qildi. Nqyu-York sha’rida BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasidagi asosiy masalalar orasida terrorizm muammosi ko’rib chiqildi. Uning ishida O’zbekiton tomonidan mamlakatimiz tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Xalilov ishtirok etdi. Amerikadagi bu tadbirlar doirasida BMT ning Bosh qarorgoxida «6Q2» formulasi bo’yicha Afg’onistonga chegaradosh bo’lgan mamlakat va Rossiya hamda AQSh tashqi ishlar vaziri darajasida yig’ilish bo’lib o’tdi. BMT Bosh kotibining Afg’oniston bo’yicha vakili Lasdar Broximiy tomonlarga ishlab chiqarilgan rezolyutsiyani taqdim etdi va Afg’onistondagi vaziyat, muvaqqat xukumatning tuzimini, uning faoliyati xavfsizligini ta’minlash borasida ma’ruza qildi.
Shu yilning 7 oktyabridan boshlab amalga oshirilayotgan harbiy kompaniyada Amerika aviatsiyasi terrorchilar bazalari va uyalarini yo’q qilish maqsadida raketa-bomba zarbalarini bermoqda. Shuningdek, terroristlar tomonidan kimyoviy, biologik va radiologik qurol, giyoxvandlik moddalari ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan ob’ektlarni yo’q qilishmoqda. Bu ham o’z o’rnida terroristlarni sarosimaga solib, harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beryapti.
Yaqin vaqtlargacha Afg’oniston xududining atigi 5 % ini nazorat qilayotgan Birlashgan front bugunga kelib mamlakatning deyarli barcha qismini ozod etishga erishdi. Xususan, Mozori Sharif, Quddus, Qalam Nov, Bolshon, Xayroton, Puli Xumri, Xirot, Qobul, Qandaxor kabi yirik shaharlar Birlashgan front tomoniga o’tmoqda. Ozod etilgan shaharlarda toliblar tomonidan tadbiq etilgan bircha ta’qiqlar bekor qilindi. jumladan, endilikda shaharda musiqa tinglash, ayollarning ishlashi va ta’lim olishiga ruhsat berildi.
Uzoq vaqt mobaynida tinchlik bo’lmagan bu yurtda odamlarning yashashi, hayot tarziga shubxasiz salbiy ta’sir o’tkazgan. Bugungi kunda Germaniya poytaxtidagi kelishuv asosida Afg’oniston muvaqqat xukumati tuzildi. Bu xukumat olti oydan keyin to’planadigan xalq vakillari majlisi - jirg’agacha ishlaydi. Ushbu Jirg’adan so’ng Afg’onistonda tashkil topilgan xukumatlar qanday bo’lishidan va kimlardan tashkil topishidan qat’iy nazar, eng avvalo, Afg’on xalqining oddiy odamlarning manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling