Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’zbek xalqining yuksak gumanizmi


Download 0.59 Mb.
bet48/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

3. O’zbek xalqining yuksak gumanizmi.
O’zbek xalqi Sharq maonaviyatining eng yaxshi anoanalariga amal qilib, urushning ayanchli yillarida ittifoqning dushman vaqtincha bosib olgan hududlaridagi aholiga do’stona bag’rini keng ochdi, o’z yurtidan ayrilgan quvg’inlarni, urush qurbonlarini qalb xarorati bilan isitdi, ularni g’am’o’rlik va me’mondo’stlik bilan ko’nglini ko’tardi, qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo’lga qo’yishda yordam berdi. Respublika aholisining o’zi qayg’uli urush yillarida ni’oyatda nochor yashashiga qaramasdan shunday yordam qo’lini cho’zdi.
Mamlakatning dushman vaqtincha bosib olgan hududlarini va front Yaqinidagi tumanlarni tashlab chiqqan dastlabki o’n minglab kishilar respublikaga 1941 yilning yozidayoq kela boshlagan edi. O’zbekiston urush yillari Rossiyaning bosib olingan rayonlaridan - Ukraninadan, Belorussiyadan hammasi bo’lib bir milliondan ortiq kishini qabul qildi. Ulardan 200 ming nafari bolalar edi.
Respublika shaharlari va qishloqlari aholisi bu erga kelgan fuqarolarni me’mondo’stlik bilan qarshi oldi. Aholi ularga turar joy berib, o’zi siqilib yashadi, ko’chib kelganlarni to’ydirish uchun oxirgi bo’lak nonini ham bo’lib berdi, ular uchun poyabzal, kiyim-bosh to’pladi, ko’chirib keltirilganlarga yordam berish maqsadida Farg’ona viloyati mehnatkashlarining tashabbusi bilan shaharlarga don, savzavot, kartoshka go’sht ma’sulotlari ortilgan karvonlar etib kela boshladi.
O’zbekiston aholisi ota-onasidan va uyidan ajratgan bolalarni ayniqsa samimiy g’am’o’rlik bilan qabul qildi. «Sen etim emassan!» o’zbek shoirining qalb qaoridan otilib chiqqan bu samimiy so’zlar butun o’zbek xalqining ‘ayajonli xis-tuyg’ularini ifodalar edi. O’zbekistonliklar baxtsiz bolalarni o’z quchog’iga olish, ularning ko’nglini ko’tarish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish uchun qo’laridan kelgan narsalarni ham qildilar.
Urush boshlangandan keyin darhol respublika xukumatining gospital bazasini tashkil etishga kirishildi. Evakuatsiya qilingan gospitallarga Toshkentdagi va O’zbekistonning boshqa yirik shaharlaridagi eng yaxshi binolar ajratib berildi. 1942 yilning oxirida O’zbekiston hududida 113 ta ekakuatsiya gospitali joylashtirlgan edi.
O’zbekiston tibbiyot xodimlarining qa’ramonana mehnati va jamoatchilikning juda katta yordami tufayli respublika gospitallarida bo’lgan yarador askarlar va ofitserlarning aksariyat ko’pchiligi o’z sog’lig’ini tiklab, yana safga qaytdilar. 1941-1942 yillar mobaynida O’zbekistonning evakuatsiya gospitallaridan 100 mingga Yaqin yarador va bemorlar davolangan edi. Ulardan 88 ming kishi davolanishni muvaffaqiyatli o’tkazdi.
O’zbekistonliklar urush frontlarida yarador bo’lgan jangchilarni chuqur samimiy e’tibor va qalb xarorati bilan qurshab oldilar. Aslida, O’zbekiston urush yillarida umumittifoq gospitaliga aylangan edi. Bu erda yuzlarcha turli-tuman tibbiy muassalar shifoxonalar, ilmiy tadqiqot muassasalari ish olib bordi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling