Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’zbekistonliklarning urush jangohlaridagi jasoratlari


Download 0.59 Mb.
bet49/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

4. O’zbekistonliklarning urush jangohlaridagi jasoratlari
O’zbekistonliklar ikkinchi jahon urush frontlarida ona yurtlari uchun olib borilganayovsiz janglarda, kuchli va makkor dushmanga qarshi qonli urushda o’zbek xalqiga xos bo’lgan qa’ramonlik va mardlik, qo’lda qurol bilan jonajon zaminni himoya qila olishlik butun qudrati bilan namoyon bo’ldi.
Eng yangi tarixiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ikkinchi jahon urushda O’zbekistonda 1 mln 433230 kishi qatnashdi. «Bir qaraganda, - deb taokidlagan edi I.Karimov, - bu raqam uncha katta tuyulmasligi mumkin», lekin «1941 yilda O’zbekiston aholisi bor-yo’g’i… 6,5 million kishi ekanligi eslasak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovning naqadar katta ekani yaqqol ko’rinadi».
Bosqinchilarga qarshi qo’lga qurol olib jang qilgan O’zbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263005 kishi halok bo’lgan qolgan.
1941 yilning kuziga kelib, frontdagi vaziyat hamon nemislar foydasiga hal bo’layotgan edi. Dushman Moskvaga zo’r berib Yaqinlashib keldi. 1941 yil 5 dekabrda Moskva ostonalaridagi jangda burilish pallasi boshlandi. 1942 yil yanvariga kelib dushman 100-250 km orqali uloqtirib tashlandi.
Moskva himoyachilarining jangovar saflaridaO’zbekiston vakillari ham munosib o’rin egalladilar. Masalan, mudofaa jangchilarining borishida Turkiston harbiy okrugida tashkil etilgan 316 o’qchi diviziyasi mislsiz jasorat ko’rsatdi. Toshkentdagi harbiy va harbiy-siyosiy bilim yurtlarining 180 nafar tinglovchilari diviziyaning qo’mondonlik va siyosiy tarkibning tashkil etdi. Diviziyaga general-mayor I.V.Panfilov qo’mondonlik qildi. Jangovar harakatlar mobaynida panfilovchilar 114 ta tank, 26 mingdan ortiq askar va oiferlarni 5 ta samolyotni va boshqa ko’pgina texnikani ishdan chiqardilar.
1942 yil qishki xujum kunlarida o’zbek xalqining shonli farzandi Qo’chqor Turdiev bir necha marta mardlik va jasorat ko’rsatgan. 1942 yil may oyida Sovet Ittifoqi qa’ramoni degan unvoniga sazovor bo’ldi.
Volga va Don daryolari so’illarida o’zbek jangchilaridan A’ad Bobomurotov birgina jangchining o’zida 4 ta dushman tankini yo’q qilgan. Boboqul Abzalov esa 51 fashistni er tishlatdi. G’arbiy frontdan Qo’ziboev, Toshpo’latov, Abdurasulov va boshqalar ham botir jangchilar shuxratiga ‘aqli ravishda sazovor bo’ldilar.
Orel-Kursk jangida Sovet Ittifoqi qa’ramni Ahmadjon Shukurov, Mansur Abdullin, Ataulla Soli’ov o’z nomlarini so’nmas shon-shuxratga burkadilar. Minglab O’zbekistonlik jangchilar orden va medallar bilan mukofotlandi. Dneprni kechib o’tishi va bunda fidokorlik qa’ramonlik ko’rsatganliklari uchun hammasi bo’lib 100 ta hamyurtimiz Sovet Ittifoqi Qa’ramoni unvoniga sazovor bo’ldilar.
Fashizmga qarshi kurashning barcha frontlarida bo’lgani kabi partizanlar harakatida ham o’zbek xalqining shonli farzandlari faol ishtirok etdilar. 2-Leningrad partizanlar brigadasi tarkibida bo’lgan vatandoshlarimizdan Odamboy Murotov, Nig’mon Rajabov,Yunus Nigmatullin dushman garnizonini yo’q qilishdagi operatsiyada qatnashib 650 nemis askari va ofitseri, yirik o’q dori ombori va 13 ta zotni yo’q qildilar.
Belorus partizanlari orasida ‘aqli ravishda obro’ eotiborga ega bo’lgan Mamadali Topiboldiev jangovar jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qa’ramoni degan yuksak unvonga sazovor bo’ldi.
7O’zbekistonlik partizanlar Ukraina tuprog’ida yuksak shon-shavkat namunalarini ko’rsatdilar. Ular S.A.Kovpak, A.N.Saburov, A.F.Fyodorov va boshqalarning Ukraina hududida jang qilgan partizan qismlari, harbiy qo’shinlari otryadlarida jang qildilar. O’zbekistonlik jangchilarning jasoratlari ikkinchi jahon urushi tarixidan muhim va o’chmas sa’ifa bo’lib qoldi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling